Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Real» bugun qora an’anani yo‘qqa chiqarishga harakat qilib ko‘radi

«Real» bugun qora an’anani yo‘qqa chiqarishga harakat qilib ko‘radi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» bugun oqshom «Malyorka»ga qarshi «Malyorka Estadi»da saf tortadi. Jamoa bu yerda ketma-ket to‘rtinchi La Liga g‘alabasini qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi.

«Los-Blankos» ayni dam turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o‘rindagi «Sevilya»dan 8 ochkolik farq mavjud. «Malyorka» esa 16-o‘rinni egallab turibdi, bu hafta oxiri bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar oldidan jamoaning quyi pog‘onalarga tushib ketish ehtimoli yo‘q emas.

Ortda qolgan uikendda «Malyorka» ligadagi ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Klub «Selta Vigo»ga 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘tgan mavsum Segundada ikkinchi o‘rinni egallagan «qaroqchilar» 2013 yildan beri birinchi marta ketma-ket ikki mavsumni yuqori divizonda o‘tkazishlari mumkin. Biroq bu borada Luis Garsiya shogirdlariga oson bo‘lmasligi aniq. «Malyorka» 18-o‘rindagi «Kadis»dan atigi ikki, 19-o‘rindagi «Alaves»dan esa 4 ochko oldinda. Biroq bu jamoa ta’qibchilari o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalana olishmadi. «Kadis» juma oqshomida «Atletiko Madrid»ga 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va bu mezbonlar uchun yaxshi natija sifatida saqlanib qolmoqda, agar «Real» to‘sig‘idan o‘tib olinsa.

Luis Garsiya shogirdlari joriy mavsum naq 13 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lishgan. Bu borada faqat «Alaves» (15) va «Levante» (15) muvaffaqiyatsizliklar bo‘yicha yomonroq ko‘rsatkichlarga ega. Ushbu jamoalarning birinchi davradagi bahsida «Real» 6:1 hisobida raqibini tor-mor keltirgan.

«Malyorka»ning so‘nggi g‘alabasi 2019-20 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi va unda 1:0 hisobi qayd etilgan. Albatta, «qaymoqranglilar» bu qora an’anani yo‘qqa chiqarishga harakat qilib ko‘radi. Jamoa joriy mavsum o‘z muxlislari oldida qoniqarli o‘yinlar namoyish eta olmayapti. 13 bahsdan atigi sakkiz ochko to‘plashdi va faqat ikkita g‘alabani qayd etilgan xolos.

«Real Madrid»ga to‘xtaladigan bo‘lsak, muxlislar Chempionlar ligasi doirasidagi «PSJ» ustidan qozonilgan ajoyib kambekni hamon yodlaridan chiqarishgani yo‘q.

«Qaymoqranglilar» «Alaves», «Rayo Valyekano» va «Real Sosyedad»ga qarshi ligadagi so‘nggi uch o‘yinda ketma-ket g‘alaba qozonib, turnir jadvalida 63 ochko bilan yaqqol yetakchiga aylangan. Ikkinchi o‘rindagi «Sevilya»dan 8 va uchinchi o‘rindagi «Atletiko»dan 12 ochkolik farqlar mavjud. Buning ustiga «Real»da bitta zaxira uchrashuvi ham bor.

«Real Madrid» bu mavsum La Ligada mehmondagi uchrashuvlar bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib, 13 o‘yinda 29 ochko to‘pladi, biroq yuqorida ta’kidlanganidek, ularning «Malyorka»ga qarshi so‘nggi safari 1:0 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan.

«Real Madrid»dagi tarkibga to‘xtalsak, Nacho, Eder Militao va Benzema «PSJ» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng biroz toliqishgani aytilmoqda, biroq har uchala futbolchining ham ushbu o‘yinda maydonga tushishlari kutilmoqda.

Ferlan Mendi va Kazemiro «PSJ»ga qarshi bahsda diskvalifikasiya sabab ishtirok eta olmagan edi. Bu safar Eduardo Kamavinganing maydonga tushishi kutilyapti. Chunki Anchelotti Toni Kroosga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi, nemis futbolchisi yaqinda tizzasi bilan bog‘liq muammoga duch kelgan edi.

Kiritildi: 19:10, 14.03.2022.
O'qildi: 3430 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.