Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Vladimir Bubanya: "O‘yinlarni ko‘rib shunga amin bo‘lyapmanki, pro liganing saviyasi ancha yuqori ekan"

Vladimir Bubanya: "O‘yinlarni ko‘rib shunga amin bo‘lyapmanki, pro liganing saviyasi ancha yuqori ekan"

Baho:
+ | -

Bu yil o‘z omadini “Andijon” klubida sinab ko‘risha qaror qilgan serbiyalik tajribali himoyachi Vladimir Bubanya juda tez fursatlar ichida yangi jamoasiga moslashib ketdi.

Kutilganidek, maydonda o‘z o‘yini hamda tajribasi bilan yoshlarga namuna bo‘lyapti. “Yangiyer-Quruvchi” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin serbiyalik legioner “Andijon” matbuot xizmati tomonidan berilgan bir qator savollarga javob qaytardi.

- “Yangiyer-Quruvchi”ga qarshi o‘yin haqida fikringiz qanday?

- Biz chiroyli futbol o‘ynamadik. Lekin eng asosiysi, uch ochkoni qo‘lga kiritib g‘alaba qozondik. O‘tgan safargi uchrashuvda jamoamizda 4 ta golli imkoniyat bo‘lgandi. Biroq o‘shanda yaratilgan vaziyatlarimizdan foydalana olmagandik. Xudoga shukr, bu safar o‘z maqsadimizga erishdik.

- “Andijon” birinchi turda kutilmaganda durang o‘ynadi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

- Birinchi turda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Moslashish ham qiyin bo‘ladi. Biz buni bilardik. Shunchaki, o‘xshamadi. Boya aytganimdek, imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Shu bois durang o‘ynadik, bu – futbol.

- Bilamizki, siz O‘zbekistonda asosan Superligada o‘ynab kelgansiz. Bu yil esa pro ligada to‘p suryapsiz...

- To‘g‘ri, men faqat Superligada o‘ynaganman. Rostini aytsam, ilgari pro liga o‘yinlarini ko‘rmagandim. Lekin endi bu yerdagi o‘yinlarni ko‘rib shunga amin bo‘lyapmanki, pro liganing ham saviyasi ancha yuqori ekan. Har bir klub futbol o‘ynashga, o‘z o‘yinini ko‘rsatishga qodir.

- Sizda “Andijon” klubida hammasidan ham ko‘ra ko‘proq nima qiziqarliroq tuyulyapti?

- Shahar juda chiroyli. Shuningdek, muxlislarga gap yo‘q. Andijonlik fanatlar xuddi serbiyalik ishqibozlarga o‘xshagan ekan.

- Vladimir, “Andijon” taklifini qabul qilishingizga asosiy sabab nima bo‘ldi?

- Men murabbiy bilan oldin ham birga ishlaganman. Bu yerda aniq maqsad bor va bu haqiqiy adrenalin. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak.

- Siz doim 15-raqam ostida to‘p surasiz. Buning ma’nosi nimada?

- Bu shunchaki mening o‘z raqamim xolos. Bunda ortiqcha hech qanday ma’no yo‘q.

 

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:28, 14.03.2022.
O'qildi: 955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.