"Xoffenxaym" rasmiy saytida hujumchi Andrey Kramarich bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Tomonlar 2025 yilning iyuniga qadar yangi shartnoma imzoladilar.
Kramarich 2016 yildan beri "Xoffenxaym"da o‘ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Shu kungacha 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Xoffenxaym” safida 211 ta o‘yinda maydonga tushib, 101 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.