Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Anchelotti: "Jarohatlar borasida tibbiy tekshiruvlarni kutishimiz kerak"

Anchelotti: "Jarohatlar borasida tibbiy tekshiruvlarni kutishimiz kerak"

Baho:
+ | -

"Real" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing 28-turida «Malyorka»ustidan qo‘lga kiritilgan (3:0) g‘alaba haqidagi fikrlarini bildirdi.

“Ushbu o‘yinda biz yaxshi o‘ynadik, uning yo‘nalishini nazorat qildik. Biroq, bu oson bo‘lmadi, chunki «Malyorka» birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdi. Vinisiusning golidan keyin ishimiz sal osonlashdi, ammo jarohatlar va almashtirishlar tufayli biroz muammolar yuzaga keldi.

«Malyorka» himoyada agressiv va sifatli o‘ynadi, aniq uzatmalardan to‘g‘ri foydalandi va qanday o‘ynash kerakligini yaxshi tushundi. Hatto gol urish uchun yaqqol imkoniyatga ham ega bo‘ldi.

Yakkakurashlar juda ko‘p bo‘ldi, lekin hakam o‘yinni yaxshi boshqardi, bu ba’zan oson bo‘lmaydi. Menimcha, hakamlar o‘z ishlarini yaxshi olib borishdi.

Benzema va Rodrigolarning jarohatlari haqida hozircha hech narsa ayta olmayman, tibbiy tekshiruv natijalarini kutishimiz kerak. Umid qilamanki, jarohatlar unchalik jiddiy emas”, - dedi «Real» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 04:00, 15.03.2022.
O'qildi: 2400 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик