Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

«Baniyas» bosh murabbiyi «Nasaf» haqida fikr bildirdi

«Baniyas» bosh murabbiyi «Nasaf» haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Birlashgan Arab Amirliklarining "Baniyas" klubi bosh murabbiyi Daniel Iseyle kecha matbuot anjumanida ishtirok etib, "Nasaf"ga qarshi bo‘ladigan Osiyo chempionlar ligasi bahsi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish uchun biz uchun sharafli. Saralash o‘tib, guruh bosqichiga chiqish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz.

Menda xalqaro musobaqada ishtirok etish tajribasi mavjud. Ruminiyadagi faoliyatim davomida xalqaro musobaqalarda qatnashadigan klublarga qarshi o‘yinlarda ishtirok etganman. Ushbu tajribamni futbolchilarga yetkazishga harakat qilaman. Ertaga samarali harakat qilib, g‘alaba qozonishga intilamiz.

Barcha xalqaro musobaqada ishtirok etishni istaydi. Ushbu musobaqa "Baniyas" nimalarga qodirligini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat.

"Nasaf"ning bir nechta o‘yinlarini tomosha qildik va ularni tahlil qildik. Bu jamoa yaxshi himoya chizig‘iga ega. "Nasaf" osonlikcha taslim bo‘lmaydi. Bu jamoa to‘p bilan yengil harakat qiladi. Shu bois, ertangi o‘yin oson bo‘lmasligini bilamiz.

Jamoamiz safida Ahmad Shodiya maydonga tusha olmaydi, qolgan futbolchilar o‘yinda ishtirok etishga tayyor. So‘nggi 3ta o‘yinda g‘alaba qozonganimiz uchun futbolchilarning kayfiyati yuqori. Bu esa OCHLda keyingi bosqichga chiqishimiz uchun bizga yordam beradi. Men futbolchilarimga ishonaman", — dedi ruminiyalik mutaxassis.


Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:12, 15.03.2022.
O'qildi: 5086 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик