Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

"Chelsi"ning ehtimoliy yangi egasi haqida nimalar ma’lum? Muhammad al-Xereyjiy o‘zi kim?

"Chelsi"ning ehtimoliy yangi egasi haqida nimalar ma’lum? Muhammad al-Xereyjiy o‘zi kim?

Baho:
+ | -

24 fevral kuni Rossiya Ukraina tuprog‘iga "xarbiy operasiya" boshlash bahonasi bilan bostirib kirgan edi. Shundan so‘ng, ko‘p narsa o‘zgardi. G‘arbiy davlatlar Rossiya, xususan, ruslarning katta oligarxlari uchun keskin cheklovlar o‘rnatdi. Ushbu sanksiyalar ro‘yxatiga kirtilgan nomlar ichida "Chelsi" klubi egasi Roman Arkadyevich Abramovich ham bo‘lgan. Ko‘pchilik u insonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bog‘liqligi haqida gapiradi. Aynan shu faktor ham uning sanksiyaga tushish jarayonini tezlashtirgan bo‘lsa, ajab emas. Uning "kasri"ga esa "Chelsi" va unda ishlovchi insonlar qoldi. Ayni paytda klub sotuvga qo‘yilgan. Ammo uni sotish, hukumat tomonidan to‘xtatilgan. Quyida "Chelsi"ni olish uchun favorit sifatida qaralayotgan "Saudi Media Group" hamda uning rahbari haqida gap boradi.

Tashkilot rahbari Muhammad al-Xereyjiy London jamoasini sotib olish uchun asosiy da’vogar sifatida bo‘y ko‘rsatdi. Ayni paytgacha berilgan xabarlarda "Saudi Media" kompaniyasi "Chelsi" uchun 2,7 milliard funt (3,5 milliard dollar) taklif etgan. Yuqorida nomi keltirilgan tashkilotning boshida turuvchi korporasiya – "Engineer Holding Group" raisi, aynan Muhammad al-Xereyjiydir. Ushbu korporasiyaga Muhammadning otasi Abdulloh al-Xereyjiy tomonidan asos solingan. Muhammad yaqin o‘tmishda Birlashgan Qirollikda joylashgan "Cass Business School" ta’lim dargohida o‘qigan. U yerdagi ta’limdan keyin, yosh arab "Deutsche Bank"da uch yil davomida faoliyat yuritadi. Al-Xereyjiy "Chelsi"ning ashaddiy muxlisi va jamoa o‘yinlarini qoldirmasdan ko‘rib boradigan inson. U o‘tgan noyabrda Chelsi" hamda "MYU" o‘rtasida kechgan bahs davomida (1-1) stadionda bo‘lgan. O‘sha uchrashuv, shuningdek, Roman Abramovichning o‘z jamoasini so‘nggi bor stadiondan turib ko‘rishi edi.
Muhammad al-Xereyjiy "Al-Hilol"ga ham muxlislik qiladi. Ushbu jamoa o‘tgan oyda "Chelsi" bilan to‘qnash kelgan edi.

Muhammad al-Xereyjiyning boyligi haqida

"Saudi Media Group"ning umumiy qiymati haqida aniq ma’lumot aytish qiyin. Ammo ushbu tashkilot Yaqin Sharq media olamida yetakchilik qiladi. Kompaniya reklama, mehmonxona, bank sektori hamda sport sohalarida ham o‘z ulushlariga ega.
Ayrim ishonchli manbalarda ushbu tashkilot bo‘ylab yiliga 770 million funt-sterlingdan 1 milliardgacha mablag‘ aylanishi aytiladi. Bu esa konsorsiumni dunyodagi eng yirik xususiy tashkilotlardan biri ekanini anglatadi.

Muhammad al-Xereyjiyning Saudiya Arabistoni hukumatiga aloqasi bormi?

Qirollik oilasiga mansub bo‘lgan hamda "Saudi Telecom Company"ga egalik qiluvchi Muhammad Bin Xolid al Saud, al-Xereyjiyga "Chelsi"ni olib berishda yordam bermoqchi. Qolaversa, mamlakatning valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmonning al-Xereyjiy bilan birga tushgan rasmlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Bu shuni anglatadiki, xabarlar uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Saudiya hukumati bilan aloqasi yo‘qligini ta’kidlasada, aslida, "sahna ortida" kuchli bog‘liqliklar mavjud bo‘lishi mumkin. Biz "Nyukasl"ni sotib olganlarning ham Arabiston hukumatiga aloqasi yo‘qligi borasida o‘qigan edik. Amalda esa hodisalar zanjiri ushbu xabarlarni teskarisiga ifoda etmoqda.

Shunday qilib, "Chelsi"ning arablar tomonidan sotib olinishi, nafaqat APLda, balki jahonda ham yana bir "o‘ta boy" klub paydo bo‘lishini ta’minlashi mumkin.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 16:15, 15.03.2022.
O'qildi: 4628 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик