Sky Germany nashri xabariga ko‘ra, "Bavariya"ning 27 yoshli futbolchisi Leon Goretska jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lib, jamoaning umumiy guruhida mashg‘ulotlarga kirishgan. U Bundesliganing keyingi tur o‘yinida jamoasiga yordam bera oladi.
Joriy mavsumda Goretska “Bavariya” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.