“Lill” hujumchisi Jonatan Devid jamoani tark etishga qaror qildi. Jurnalist Fabrisio Romanoning fikricha, u yozgi transfer oynasida jamoasini almashtiradi.
Ayni damda 22 yoshli hujumchiga Yevropaning o‘nta grandi qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt hujumchini 50 million yevroga baholagan. U joriy mavsumda 37 ta o‘yinda 17 ta gol urdi.