Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Allegri: "Vilyarreal" kerak bo‘lsa 9 nafar futbolchisi bilan himoyalandi"

Allegri: "Vilyarreal" kerak bo‘lsa 9 nafar futbolchisi bilan himoyalandi"

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasining 1/8 final javob o‘yinida "Yuventus" jamoasi o‘z maydonida "Vilyarreal"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi. Birinchi o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangandi. Uchrashuvdan keyin "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«65 daqiqa o‘zimiz xohlagan o‘yinni ko‘rsatdik, yigitlar yaxshi o‘ynashdi. Qaysidir pallada «Vilyarreal» himoyaga o‘tdi va bitta vaziyat hammasini ostin-ustun qilib yubordi.

Biz bu mag‘lubiyatni qabul qilishimiz kerak, lekin bu juda xunuk. Lekin yigitlardan nolimayman, ular yaxshi o‘ynashdi. Men hech kimdan g‘azabda emasman.

Men Emerini tabrikladim, u bu o‘yinga to‘g‘ri yondashdi - bu uning odatiy uchrashuvlaridan biri edi. Biz oldinga borishimiz kerak, mag‘lubiyatni o‘ylab yurish hech kimga yordam bermaydi.

Futbol shunday. Ba’zida ishlar sizning foydangizga, ba’zida esa zararingizga ishlaydi. Buni faqat qabul qilish kerak.

Biz to‘pni siljitishga harakat qildik. «Vilyarreal» hatto to‘qqiz nafar futbolchisi bilan himoyada o‘ynadi, kerak bo‘lsa qarshi hujumga o‘tishga ham urinmadi.

Birinchi bo‘limda bizda imkoniyatlar bo‘ldi, raqib esa qo‘shimcha vaqtni maqsad qilgan yoki ba’zi vaziyatlardan maksimal darajada foydalanmoqchi edi. Birinchi penaltida biz juda sodda harakat qildik. Keyin yana ikkita gol o‘tkazib yubordik va o‘yin nazoratini qo‘ldan boy berdik”, — dedi «Yuventus» bosh murabbiyi Amazon Prime Italia bilan suhbatda.

Kiritildi: 03:48, 17.03.2022.
O'qildi: 1763 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик