Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Yangilanayotgan «Surxon» matbuot anjumani o‘tkazdi

Yangilanayotgan «Surxon» matbuot anjumani o‘tkazdi

Baho:
+ | -

17 mart kuni Toshkentda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan «Surxon» professional futbol klubining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Yangi mavsumda klubda ko‘plab o‘zgarishlar ro‘y berdi, ularning asosiylari yangi homiylar: Surhan Gas Chemical, Eriell va Enter Engineering. Ushbu korxonalar nafaqat asosiy jamoani, balki «Surxon» akademiyasini tashkil etish hamda Termiz shahridagi uy stadionini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini ham qo‘llab-quvvatlashni o‘z zimmalariga olishdi.

Klub logotipi ham yangilandi, shu bilan birga jamoa dizaynerlari muxlislarga allaqachon tanish bo‘lgan shakl va ranglarni saqlab qolgan holda katta o‘zgarishlar qilmadi. Yaqin vaqt ichida jamoa rahbariyati klubning rasmiy veb-saytini taqdim etishni rejalashtirmoqda, u yerdan barcha kerakli ma’lumotlarni hamda media fayllarni tezda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ispaniyalik murabbiy Anxel Lopes 2022 yilgi mavsumda jamoani boshqargandi. Murabbiylik faoliyati davomida Lopes «Xetafe» tizimida (La Ligada o‘ynaydigan professional futbol klubi), «Rekreativo» (Ispaniyaning eng qadimgi klubi, 1889 yilda tashkil etilgan) bilan ishlagan va Ekvatorial Gvineya terma jamoasini tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi.

Anxel Lopes: “Surxon – qiziqarli loyiha, rivojlanish uchun barcha imkoniyatlar bor. Biz bosqichma-bosqich o‘z xarakteriga ega zamonaviy klub qurishni rejalashtirganmiz. Jamoa birgalikda o‘ynashi, bir-birini yaxshiroq bilishi kerak va biz kuchli raqobatbardosh jamoa bo‘lishga harakat qilamiz”.

«Surxon» stadionida hozirda “Enter Engineering” kompaniyasi tomonidan rekonstruksiya qilinmoqda. Jamoa keyingi mavsumda u yerga qaytadi, shu bois yaqin kunlarda jamoaning uy uchrashuvlari Samarqanddagi «Dinamo» stadionida bo‘lib o‘tadi.



Anxel Lopes: “Muxlislar jamoaning muhim qismi va biz ularni sog‘inamiz, ammo Termizda o‘ynamasligimizga qaramay, ular bizni qo‘llab-quvvatlashlariga umid qilaman. Biz, o‘z navbatida, bu yil ham yaxshi natijalarga erishish uchun bor kuch-g‘ayratimizni ishga solamiz!”.

Sport vazifalariga kelsak, klubning yangi rahbariyati o‘z oldiga real maqsadlarni qo‘ydi – jamoaning turnir jadvalidagi o‘rnini yaxshilash va jiddiy da’vogar sifatidagi mavqeini mustahkamlash.

Zohir Pirimov, «Surxon» PFK yarim himoyachisi: “Evropacha ish uslubiga ega yangi murabbiyning kelishi klub hayotining barcha jabhalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shaxsan men shunday murabbiydan yangi narsalarni o‘rganishga qiziqaman. Jamoa har jihatdan professionalroq bo‘lishga harakat qilmoqda, klub yangi homiylar va futbol falsafasi bilan yangi bosqichga chiqmoqchi. O‘ylaymanki, natijada biz yuqoriga ko‘taramiz. Ular biz uchun futbol rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratib berishadi”.



Luis Migel Kezada, «Surxon» PFK yarim himoyachisi: “Biz hammamiz klub manfaati va uning rivojlanishi uchun ishlaymiz, maqsadimiz jamoa bilan birga g‘alaba qozonish va o‘sishdir. Surxonda yuqori tezlikda futbol o‘ynashga intilayotgan ko‘plab zo‘r futbolchilar bor, xorijlik futbolchi va murabbiylar esa tezroq rivojlanishga, tajriba almashishga yordam berishmoqda”.



JAMOA

Murabbiy shtabi:
Anxel Lopes Peres – Bosh murabbiy
Migel Alvares – Yordamchi murabbiy
Jonatan Lomas – Tahlilchi
Karlos Sanches – Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy
Xulen Esnaola Erro – Darvozabonlar murabbiy

FUTBOLCHILAR
Darvozabonlar:
№1 Azamat Ahmedov
№25 Xavi Ximenes
№35 Shoxruh Eshbo‘tayev

Himoyachilar:
№66 Behruz Shaydulov
№2 Zoir Jo‘raboyev
№3 Boburjon Akbarov
№29 Kamoliddin Ashurov
№31 Aslbek Temirov
№24 Farhod Mamatqulov
№34 Shohjahon Zaripov
№5 Serxio Rodriges
№26 Ulug‘bek Abdullayev
№33 Tohirjon Shamsitdinov

Yarim himoyachilar:
№19 Nuriddin Hasanov
№60 O‘ral Choriyev
№7 Islomjon Toshpo‘latov
№6 Jahongir Ahmadov
№99 Kamron Saydazimov
№4 Javohir Sohibov
№9 Zohir Pirimov
№11 Luis Migel Sanches Kezada
№8 Baxtiyorjon Qosimov
№ 20 Iqboljon Malikjonov
№ 55 Sharofiddin Shobirov
№51 Asilbek Norov
№44 Dilshod Rashidov
№30 Otabek Odiljonov
№88 Asadbek Hamzayev
№32 Mag‘rurbek Pardayev

Hujumchilar:
№13 Miroslav Markovich
№38 Muhammadali Abdurahmonov
№10 Murodbek Bobojonov
№23 Abdul-Aziz Yusupov
№64 Samandar Qodirov
№27 Otabek Mustafoqulov
№28 Behruz Qulmatov

Kiritildi: 21:49, 17.03.2022.
O'qildi: 2423 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик