Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Sherali Boboqulov: «So‘g‘diyona-W»ning hozirgi tarkibi avvalgisidan kuchli. Biz mavsumga tayyormiz»

Sherali Boboqulov: «So‘g‘diyona-W»ning hozirgi tarkibi avvalgisidan kuchli. Biz mavsumga tayyormiz»

Baho:
+ | -

«So‘g‘diyona-W» hamda «Bunyodkor-W» o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida «So‘g‘diyona-W» bosh murabbiyi Sherali Boboqulov hamda jamoa yetakchilari – Tanzilya Zarbiyeva va Diyora Xabibullayeva ishtirok etdi.

Sherali Boboqulov («So‘g‘diyona-W» bosh murabbiyi):

— Barchani kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklayman. Ertaga Superkubok uchrashuvi bilan ayollar futbolida ham yangi mavsum start oladi. Superkubok — o‘tgan yilgi natijalarimizning yig‘indisi desa ham bo‘ladi. Ertangi bellashuvga munosib tayyorgarlik ko‘rdik, deb hisoblaymiz. Jamoamiz yildan yilga maqsadlarni kuchaytirib bormoqda. Bo‘lajak uchrashuvda ham faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.

O‘tgan mavsum jamoamiz safida to‘p tepgan legionerlar bizni tark etishdi. Boisi, ularning shartnomasi tugagan edi. Rejaga ko‘ra, Fuseina Mumuni bilan bitimni uzaytirishimiz kerak edi, lekin viza bilan bog‘liq muammo sabab, uni ro‘yxatdan o‘tkaza olmadik. Seleksiya ishlarini asosan mahalliy futbolchilar bilan olib bordik. 9 nafar futbolchi jamoani tark etgan bo‘lsa, xuddi shuncha yangi futbolchilarni jalb qildik. Jumladan, ikki nafar Gruziya terma jamoasi a’zosini jamoamizga jalb qildik. Ertangi bellashuvda, butun mavsum davomida ushbu bo‘shliqni qay darajada to‘ldira olganimizga guvoh bo‘lasizlar. Bosh murabbiy sifatida jamoam tarkibidan qoniqish hosil qildim.

O‘tgan yilgi tarkib barcha musobaqalarda g‘olib bo‘ldi. Joriy mavsum Nozima Kamoltoyeva, Shahnoza Qurbonova, Dildora Ergasheva, Feruza Boboxo‘jayeva, Nigora Uzganova, Sarvinoz Komiljonova, Maftuna Panjiyeva va ikki nafar legionerni tarkibga jalb qildik. Ushbu qizlarni biz 2-3 yildan buyon kuzatib kelamiz. Hattoki, ularning shartnomasi tugashini ham kutdik. O‘ylashimcha, bu yilgi tarkib o‘tgan mavsumdagi tarkibimizdan kuchli bo‘lishi mumkin, lekin kuchsiz emas.

«So‘g‘diyona-W» tashkil etilganiga 5 yil bo‘ldi. Shunga mos tarzda natijalarimizni ham «5» qilishga harakat qilamiz. Xabibullayevaning shartnomasi tugamagan edi va klub rahbariyati bilan kelishgan holda, uning xizmatlaridan Osiyo chempionatida ham foydalanishga qaror qildik.

Jizzaxda xalqaro turnir o‘tkazish rejasi bor. Ilk bor 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lsa, keying yillarda pandemiya bois, musobaqa o‘tkazilmadi. Taqvimda bo‘sh kunlar topilsa, albatta ushbu turnirni o‘tkazamiz.

Qozog‘istonning tajribali «BIIK-Kazigurt» va «Tomiris-Turon» jamoalari bilan bu borada muzokaralar o‘tkazilgan. Ushbu jamoalar UEFA bayrog‘i ostida o‘tadigan turnirlarda qo‘shnilarimiz sharafini himoya qilishadi. FIFA kunlaridan foydalanib, Osiyo chempionati oldidan mazkur turnirni o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

«Bunyodkor-W»ga finalda Karachik yetishmadi? «Bunyodkor-W» murabbiyining fikrini hurmat qilish kerak. Agarda, jamoa faqat Karachikka bog‘lanib qolgan bo‘lsa, bu ularning muammosi. Bizning jamoamiz bitta futbolchidan tashkil topmagan. Almashtirib bo‘lmaydigan futbolchi yo‘q. Bo‘lajak uchrashuvda Lyudmilaning o‘ynashi bizga qo‘shimcha motivasiya beradi. U iqtidorli, kuchli futbolchi. Bizda ham o‘ziga xos syurpriz bor, buni ertaga ko‘ramiz.



Tanzilya Zarbiyeva: Biz ushbu bellashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Jamoamiz hech qachon Superkubokni qo‘lga kiritmagan. Shu bois, faqat g‘alaba uchun Toshkentga keldik.



Diyora Xabibullayeva: «So‘g‘diyona-W» tashkil etilganiga endigina 5 yil bo‘ldi. Jamoa hali Superkubokda g‘alaba qozonmagan. Mavsumni g‘alaba bilan boshlab, oxirigacha shu ruhda davom etishga harakat qilamiz.

Yangi kelganlar bilan tezda chiqishib ketdik, deya olaman. Ular bilan maydonda ham, uning tashqarisida ham til topishdik. O‘tgan yilgi legionerlarga nisbatan, hozirgilar bilan munosabatlarimiz yaxshi.

To‘purarlik? Ketma-ket ikki mavsum Oliy liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldim. Bu darajaga chiqish qiyin, ammo uni saqlab turish, undan ham qiyin. Jamoam bilan yana chempion bo‘lishni, Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, to‘purar bo‘lishga harakat qilaman.

Xorij klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lgani rost. Klub bilan kelishuvim 2022 yil so‘nggiga qadar mo‘ljallangan edi. Shu bois, Jizzaxda qolishga qaror qildim.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 16:33, 18.03.2022.
O'qildi: 1187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.