Diyego Simeone Chempionlar ligasi 1/4 finalida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinlar haqida gapirdi.
"Avvalo, Gvardiola va uning "Siti"dagi so‘nggi yillardagi faoliyatiga katta hayrat bilan qarayman, buni o‘yindan o‘yinga ko‘rish mumkin.
Raqobat yuqori, barcha jamoalarni ajoyib qarama-qarshiliklar kutib turibdi. "Siti"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqtimiz bo‘ladi.
Hozir bor e’tiborimizni “Rayo Valyekano”ga qarshi o‘yinga qaratganmiz”, - dedi “Atletiko” ustozi.