Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Angliya terma jamoasi. Garet Sautgeytning tanlov imkoniyatlari qay darajada?

Angliya terma jamoasi. Garet Sautgeytning tanlov imkoniyatlari qay darajada?

Baho:
+ | -

2022 yilgi Jahon chempionati yaqinlashmoqda. Bunda har bir terma jamoa o‘zi uchun ma’qbul futbolchilarni yig‘a boshlaydi. Angliya ham bundan mustasno emas. Quyida Garet Sautgeytning darvozabonlar borasida qanday imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rib chiqamiz.

10. Etyenn Grin

Siz «Sent-Etyen»ning Etyenn Grin ismli posboni haqida eshitmagan bo‘lishingiz tabiiy, albatta. 21 yoshli darvozabon yozda o‘zi tug‘ilgan mamlakat sharafini himoya qilishga otlanadi. Bu esa Sautgeytning e’tiborini tortishi aniq. Chunki Grin o‘z klubning ishonchli vakilidir.

9. Ben Foster

Internet tarmoqlarida faol bo‘lgan futbolchi 2011 yilda xalqaro bahslarda qatnashmay qo‘ygan edi. U 2014 yilgi Jahon chempionatida Angliya terma jamoasiga qaytadi. Shundan so‘ng, u ancha vaqt ko‘rinmay ketgan edi. Foster ayni damda «Uotford» postini qo‘riqlamoqda.

8. Aleks Makkarti

Makkartini futbol muxlislari «Sautgempton»dagi qo‘pol xatolari bilan eslab qolgan. U shundan keyin, ancha vaqt davomida o‘z formasini tiklab ola bilmadi. Hozirda esa u barcha kabi «Standart APL darvozaboni»ga aylandi.

7. Karl Darlou

Karl uzoq yillardan beri «Nyukasl» safida harakat qilib kelmoqda. U o‘z vaqtida jamoasining eng asosiy posboniga aylangan edi. Darlou o‘shanda Martin Dubravka bilan tengma-teng raqobat qila olgan. Darvozabon bir necha mavsumlik ijaradagi sargardonlikdan keyin, yana «qarg‘alar» zahirasiga qaytdi.

6. Freyzer Forster

Bir paytlar Forster ko‘pchilik tomonidan Angliya terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboni bo‘ladi deb qaralgan edi. Amalda esa unday bo‘lmadi. Forster faoliyatining cho‘qqisi «Sautgempton» klubi bo‘lib qoldi. U Angliya termasida olti marta o‘yin o‘tkazgan, xolos.

5. Sem Jonston

David De Xea o‘z darajasini ko‘rsata olmaganda, Jonston ko‘p yodga olinar edi. Chunki u «qizil iblislar» maktabidan chiqqan. Iqtidorli darvozabon bir necha mavsum pastki ligalarda ijarada yurdi. Jonstonning hozirgi manzili «Vest Brom» bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, Sautgeyt uni hali-hamon terma jamoa yig‘iniga chaqirib kelmoqda.

4. Din Xenderson

«Sheffild Yunayted»dagi (2019-20) omadli mavsumdan keyin ko‘pchilik uni De Xea o‘rnini bosishini taxmin qiladi. Sulsher davrida Xenderson va De Xea galma-galdan tez-tez alishtirib turildi. Ammo so‘nggi paytlarda 24 yoshli talant katta o‘yinlardan mosuvo qolmoqda. Xendersonning sifatli futbolchi ekani borasida shubhalar yo‘q. Ammo doimiy o‘yin amaliyoti juda ham muhim narsa.

3. Nik Poup

Ishonchlilik borasida kamdan-kam vakil Poupga tenglasha oladi. «Byornli» posboni barqarorlikning namunasi sanaladi. U 3 yildan beri doimiy ravishda terma jamoaga jalb qilinadi. Ammo Poup Yevro-2020ni jarohati sabab o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi. Hozir esa u bilan hammasi joyida.

2. Eron Ramzdeyl

«Arsenal»ning omadsiz startidan keyin, Ramzdeyl harakatlari orqali jamoa o‘zini tiklay olgan edi. Bugunga kelib esa, aynan u milliy terma jamoa postiga asosiy da’vogarga aylandi. Hammasi mavsum yakunida hal bo‘ladi.

1. Jordan Pikford

Angliya terma jamoasi ustozi hozir ham Pikfordni asosiy sifatida tanlaydi. «Everton» vakili 2021 yilda eng zo‘r mavsumlaridan birini o‘tkazadi. Agar Yevropa chempionati finalida ingliz hujumchilari o‘z ishini yaxshi bajara olganlarida edi, Pikford milliy qahramonga aylangan bo‘lardi. Afsuski, unday bo‘lmadi...

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:13, 18.03.2022.
O'qildi: 1849 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.