«Tottenxem» eng quyi liga futbolchisini jamoaga taklif etdi. Xabarlarga ko‘ra, non-liga vakili bo‘lgan «Remsgeyt» klubi futbolchisi Joshua Ajayi «Tottenxem»ga taklif etilgan.
U mavsum oxiriga qadar London jamoasi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazib turadigan bo‘ldi. 19 yoshli hujumchiga «Tottenxem» mavsum avvalida qiziqish bildirgan edi.