Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Rafinya: «Bavariya»dagi onlarni rosa qo‘msayman...»

Rafinya: «Bavariya»dagi onlarni rosa qo‘msayman...»

Baho:
+ | -

Rafinya 2019 yilning yozida «Bavariya» bilan xayrlashish chog‘i ancha qiynalgani turgan gap. Zero, u Myunxenda naq 8 yil faoliyat yuritib, FCB libosini eng ko‘p vaqt va o‘yinda kiygan braziliyalikka aylandi. O‘ng qanot himoyachisi ayni payt o‘z vatani Braziliyada «San-Paulu» sharafini himoya qilmoqda. U shuningdek, «Flamengo», «Olimpiakos» va «Gremio» klublarida ham munosib to‘p surgan. «Bavariya»ning rasmiy jurnali - «51» muxbiri yaqinda Rafinya bilan bog‘lanib, ishlari qanday ketayotganiga qiziqdi.

- Rafa, Germaniyani ancha sog‘ingan bo‘lsang kerak...

- Bilaman, Myunxen hozir ham ancha sovuq. San-Pauluda esa iliq havo hukmron, shahar yana go‘zal. To‘g‘ri, haligacha «Bavariya»dagi onlarni qo‘msayman, albatta.

- Aynan nimalarni?

- Germaniyada naq 15 yil yashadim. Ayniqsa, Myunxendagi 8 yil juda yoqimli o‘tdi. Futboldan bo‘sh vaqtda turmush o‘rtog‘im bilan shahar va uning atrofi bo‘ylab armonsiz sayrga chiqardik. Tabiiyki, u yerda bir talay do‘stlarimiz bor. Germaniya hayotidagi nimani ko‘proq qadrlayman? Tartib va intizomni. Deylik, Braziliyada soat 10da uchrashishga kelishsangiz, bu kamida 10:20da ko‘rishishingizni anglatadi. Germaniyada esa soat 10:00ga kelishdingizmi, tamom, bir daqiqa ham kechikmasligingiz kerak. Bunday aniqlik, intizom va tashkilotchilik aynan nemislarga xos. U yerda shifoxonalar, xavfsizlik xizmati, qo‘yingki, barchasi a’lo darajada ishlaydi. To‘g‘risi, nemis madaniyatini rosa sog‘indim.

- ... Biroq 2019 yili qo‘qqisdan Braziliyaga qaytishni xohladingiz.

- Chindan ham, qaytish vaqti kelganini anglagandim. Axir uzoq vaqt jonajon vatanimdan uzoqda yashadim. Onam, ukam, singlim va do‘stlarim shu yerdalar. Ular faoliyatimning eng yorqin davrini bevosita kuzata olishmadi. Axir 19 yoshdayoq uydan chiqib ketgandim. Endi birga o‘sha bo‘shliq o‘rnini to‘ldiryapmiz.

- Ortga qaytganingiz bilan «Flamengo» safida chempion bo‘ldingiz, kamiga «Libertadores» kubogini ham qo‘lga kiritdingiz.

- Ha, 2019 yil men uchun o‘zgacha keldi. Endi hisobimda 2ta «trebl» bor: Germaniya va Braziliyada qayd etilgani. O‘sha mavsum ham Braziliya, ham Janubiy Amerikaning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi sifatida tan olindimki, bundan alohida faxrlanaman. Qolaversa, o‘g‘lim ham aynan 2019 yili tug‘ildi. Bir so‘z bilan aytganda, orzular yili!

- O‘tgan yili «Gremio»dan ketishingizga to‘g‘ri keldi. Bu ruhiyatingizga nechog‘li ta’sir qildi?

- Juda og‘riqli ayriliq. Yilning birinchi yarmida klub bilan 2ta sovrin yutdik, ke­yin naq 4 marta bosh murabbiy almashdi. Boz ustiga, koronavirus tufayli ko‘plab o‘yin­larda qatnasholmadim. Lekin tushunish kerak, sport faqat g‘alaba yoki sovrinlardan iborat emas.

- Kelajak rejalaringiz qanday?

- Yana 2 yilcha o‘ynamoqchiman. Shundan so‘ng oilam bilan Myunxenda yiliga loaqal 3-4 oy yashashni istardim. U yerda uyim bor - Germaniya ikkinchi vatanim. Ehtimol, «Bavariya» uchun yana nimadir qilishga ham urinarman, ko‘ramiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:16, 19.03.2022.
O'qildi: 1493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.