Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Pro liga-2022: Murabbiylik rolida kim bor?

Pro liga-2022: Murabbiylik rolida kim bor?

Baho:
+ | -

Pro liganing yangi karvoni yo‘lga tushdi. Bu yil ham 10ta jamoa Superliga yo‘llanmasi uchun kurashga qo‘shildi. Aytish kerakki, ushbu divizionda ham o‘z davrining yetuk futbolchilari, endilikda murabbiylikka o‘tgan kishilar ishlashmoqda. Gap aynan kimlar haqida borayotgani muxlislarga qiziqligini inobatga olib, ushbu mutaxassislar bilan tanishtirishga qaror qildik.

«ANDIJON»

Bu jamoa Superligaga qaytishni jiddiy maqsad qilgan. Shu bois, Viktor Kumikovga ishonch bildirildi va u bilan kelishuv o‘z kuchida qoldi. Unga esa Oleg Korniyenko, Anvar Abduqodirov va Elyor Rahmatullayev ko‘maklashishmoqda. Abduqodirov futbolchi sifatida bir vaqtlari «burgutlar» sharafini himoya qilgan. Ajabtovur seyvlari bilan vodiylik ishqibozlar ko‘nglini olgan Qobil Olimjonov esa darvozabonlar murabbiyi sifatida ish yuritmoqda.

«ARAL SAMALI»

Xususiy sektor ixtiyoriga o‘tgan ushbu jamoada Temur Turdiyev bosh murabbiy hisoblanadi. U o‘tgan yili ham «Aral Samali»ni boshqargandi. Hozirda unga bir necha yillar muqaddam shu jamoada o‘ynab kelgan Ulug‘bek Yangiboyev ko‘maklashmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, tez orada klub murabbiylar shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shilishi mumkin.

«BUXORO»

Fuzaylov yana qutqaruvchi roliga taklif qilindi. Bu mutaxassis o‘tgan mavsum «Dinamo»ni Cuperligaga qaytargan va samarqandlik muxlislarning orzularini amalga oshirgandi. Ammo kutilmaganda rahbariyat Hakim Qayumovich bilan shartnoma muddatini uzaytirishni istamadi va u bilan xayrlashdi. «Buxoro»dan tushgan jiddiy taklifgan ko‘ngan mutaxassisga bir yo‘la 4 kishi ko‘maklashmoqda. Milliy termamizning sobiq himoyachisi Islom Inomov, «Buxoro»ning sobiq a’zosi Suhrob Qobilov va Mirislom Hasanov shular jumlasidan. Aleksandr Kit esa darvozabonlar murabbiyi hisoblanadi.

«ZOMIN»

Bir yillik tanaffusdan keyin Pro ligaga qaytgan «Zomin» rahbariyati bosh murabbiy Asqar Umarov bilan kelishuv muddatini uzaytirdi. O‘tgan mavsumlarda unga muntazam ravishda ko‘maklashib kelgan Berdiyor Ma’murov ham vazifasida qoldi. Shuningdek, «Obod»ni Superligaga olib chiqqan yosh mutaxassis Bobur Zuhriddinov ham «Zomin»da ish boshladi. Bunga qadar Zuhriddinov «So‘g‘diyona» yoshlar jamoasida ham faoliyat yuritgandi.

«MASH’AL»

Muborak klubi rahbariyati bosh murabbiy masalasida Dilyaver Vaniyevga ishonch bildirdi. Ushbu mutaxassis o‘tgan mavsumlarda Aleksandr Xomyakovga yordam bergandi. Sobiq himoyachiga Ildar Sakayev maslahatchi sifatida yordam bermoqda, vaholanki, u avvalroq texnik direktor lavozimiga taklif qilingandi. Shuningdek, futbolchilik faoliyati davomida «Mash’al» va «Buxoro» sharafini himoya qilgan Otabek Narzullayev ham murabbiylar shtabidan o‘rin egalladi.

«SHO‘RTAN»

Asror Aliqulov jamoa moliyaviy muammolar girdobida qolib ketgan bo‘lsada, g‘uzorliklarni tashlab ketmadi. U boshlab qo‘ygan ishini davom ettirish maqsadida «Sho‘rtan» bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda. O‘tgan yilgi murabbiylar shtabi ham o‘zgarishlarsiz qoldi. Aniqrog‘i, Botir Qodirqulov va Akmal Sait­qulov assistent vazifasini bajarishmoqda. Bu yil jamoa oldiga yuqori vazifalar qo‘yilmagan bo‘lsada, chempionatni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

«TURON»

Yaypan jamoasi quyi ligaga tushib ketganidan so‘ng Bahrom Hakimov vazifasida qolishi aytilayotgandi. Lekin keyinchalik bosh murabbiy lavozimiga Anvar Berdiyev ta­yinlandi. O‘tmishning mohir hujumchisi yildan-yilga murabbiylik kasbida mahoratini sayqallamoqda. Berdiyevga Azizxon Isomiddinov, Vadim Barnich ko‘maklashishmoqda. Latviyalik Barnich asosan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha faoliyat yuritadi. Darvozabonlar bilan «Qo‘qon-1912» sobiq futbolchisi va murabbiyi Andrey Baklanov ishlayapti.

«G‘IJDUVON»

Pro liga debyutantida esa ikki nafar mutaxassis faoliyat yuritadi. Bahodir Shoymardonov bosh murabbiy hisoblanadi. Ayni vaqtda unga Umid Qudratov ko‘maklashmoqda. Olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, bugungi kunda «G‘i­jduvon»da darvozabonlar bo‘yicha alohida mutaxassis yo‘q.

«YANGIYER-QURUVCHI»

Joriy yil o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan yangiyerliklarni Bekzod Qodirqulov boshqarmoqda. Murabbiylar shtabida unga Jahongir Abdurashitov va Muhammadali Fayzullayev ko‘maklashishmoqda. Abdurashitov bir necha yil avval «Zomin» klubini boshqargandi. Fayzullayev esa o‘tgan yili klubning U-18 jamoasiga ustozlik qilgandi. Olimpiya terma jamoasi va qator klublarda o‘ynagan sobiq darvozabon Ilhom Jumanov esa yosh kiperlarni shug‘ullantirmoqda.

«XORAZM»

Ochig‘i, Aleksandr Yejovning joriy yilda ham jamoa­da qolishi taxmin qilingandi, lekin rahbariyat u bilan xayrlashdi. Bo‘sh qolgan postga esa Ruslan Ahmedov taklif qilindi. Mazkur tayinlovga qadar bu mutaxassis «Mash’al», «So‘g‘diyona», «Sho‘rtan», «Metallurg» futbol klublarida faoliyat olib borgan. Mansurbek Davletov va Umid Tajimovlar esa murabbiylar shtabida Ahmedovga ko‘maklashadigan bo‘lishdi. Jismoniy tayyorgarlik vazifasida Ma’murjon Abdullayev ishlamoqda.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:24, 20.03.2022.
O'qildi: 1944 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.