Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Real» - «Barselona». Kimning imkoniyati yuqori?

«Real» - «Barselona». Kimning imkoniyati yuqori?

Baho:
+ | -2

Bugun La Liga doirasidagi navbatdagi «el-klasiko» bahsi o‘tkaziladi.

Mazkur o‘yindan oldin chiqqan xabarlarni o‘qigan bo‘lsangiz kerak. Karim Benzema bugungi bahsda madridliklarga yordam bera olmaydi. Hujum chizig‘ida fransiyalik forvardning o‘rnini kim bosa oladi? Bugungi bahsda Karimsiz o‘ynaydigan poytaxtliklar Kataloniya klubi darvozasini ishg‘ol eta olishadimi? Shu haqda shaxsiy fikrlar bilan bo‘lishmoqchiman.

Karim Benzema. Krishtianu Ronaldu bilan bir vaqtda jamoaga kelgan va hali ham «Real» sharafini himoya qilayotgan, afsonalar qatoriga qo‘shilish uchun anchagina mehnat qilgan Benzemaning jamoadagi o‘rni katta. Ayniqsa, hozirgi paytda. Markaziy hujumda asosiy ishni qilib kelayotgan Karim jarohat sabab bugungi jangni o‘tkazib yuboradi. Uning «PSJ»ga qarshi bellashuvda qanday salohiyatga ega ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik. Hozir esa bu futbolchi o‘yinni faqat tomosha qilishi mumkin.

Anchelotti Benzemaning o‘rniga qaysi o‘yinchi xizmatidan foydalanishi mumkin?

Umuman olganda, hozirgi holatda Karimning o‘rnini bosa oladigan «Real» hujumchisi jamoada yo‘q. Yovich, Mariano Dias eng yaxshi formada bo‘lgan taqdirda ham Benzemaning o‘rnini bosa olmaydi. Shuning uchun, bu bahsda italiyalik mutaxassis taktikani ham o‘zgartirishi va boshqa kuchli tomonlardan foydalanishi mumkin. Masalan, Vinisius Junior bu bahsda ko‘p ishni hal qilib bera olishi mumkin.

Uning qanday tezligi, texnik mahorati va o‘yinga chanqoq ekanligini aksariyat ishqibozlar yaxshi bilishadi. Mbappe va Xoland kabi yulduzlarni jamoaga jalb etish harakatida yurgan Florentino Peres oldida ham o‘zini ko‘rsatish uchun bugun juda katta imkoniyat bo‘ladi unda. Individual mahorat bo‘yicha unga gap so‘z bo‘lishi mumkin emas. Lekin, braziliyalik vinger bunday katta bellashuvda o‘zini ko‘rsata olishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Bugun u jamoani tortishi va kelajakda Ronaldu yoki Benzemaga munosib o‘rinbosar ekanini isbotlashi ham, yoki umuman maydonda ko‘rinmay qolishi ham mumkin.

Vinisius Juniordan tashqari Marko Asensio, Federiko Valverde va jamoaning tajribali futbolchisi Luka Modrichning o‘yini bugungi bahsda katta rol o‘ynashiga bir qancha omillar yetarlicha topiladi. Ushbu futbolchilar yaqin o‘tmishda ham o‘z imkoniyatlarini ko‘rsata olishdi. Hujumkor «Real» jamoasi uchun ularning xizmatlari bugun juda ham zarur.

«Barselona» Yevropa Ligasida qatnashayotgan bo‘lsa ham, qishki transferlar oynasidan unumli foydalangan holda, hujum chizig‘ini yetarlicha kuchaytira oldi. Bir muddat Lyuk De Yong, Breytueyt va Depaylarning o‘yiniga qarab qolgan «Barselona» tarkibida «Arsenal»ning sobiq futbolchisi Pyer-Emerik Obameyang, shuningdek, Adama Traore hamda Ferran Torres kabi chaqqon vingerlar mavjud.

Bugungi bahsda Ronaldu va Messi davridan keyin ajoyib «el-klassiko» guvohiga aylanishimiz mumkin. Kuchlar teng. Xavi va Anchelottining ilk qarama-qarshiligi qanday yakun topadi deb o‘ylaysiz?

Murabbiylar ham o‘yin dinamikasiga ta’sir o‘tkazishlari mumkin. Toshkent vaqti bilan bugun tunda (01:00) o‘tadigan o‘yinni ko‘rish qiziqarli bo‘lishiga menimcha hech kim shubha qilmasa kerak.

Nodir Abdurasulov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:10, 20.03.2022.
O'qildi: 4950 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.