Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Og‘ir atletika: Xitoy jahon chempionatini qabul qila olmaydi

Og‘ir atletika: Xitoy jahon chempionatini qabul qila olmaydi

Baho:
+ | -

Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi (IWF) ma’lum qildi.

Joriy yil bir qator sport turlari bo‘yicha Parij-2024 o‘yinlariga reyting ochkolarni taqdim etadigan sport musobaqalari o‘tkazilishi belgilangan. 

Ana shunday bahslardan biri shu yilning oktyabr-noyabr oylarida Xitoyning Chunsin shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tadigan jahon chempionati hisoblanayotgan edi. 

Biroq, 23 mart kuni Xitoy og‘ir atletika federasiyasi mamlakatda koronavirus kasalligining yangi to‘lqini yoyilishi sababli ushbu chempionatni qabul qila olmasligi bo‘yicha Xalqaro og‘ir atletika federasiyasiga murojaat yo‘lladi. 

Aynan ushbu chempionatda jahon og‘ir atletikachilari 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun ilk reyting ochkolarini jamlashi lozim edi. 

Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi (IWF) saytining ma’lum qilishicha, hozirda mazkur chempionatni qabul qiladigan yangi nomzod davlat qidirilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlaridagi og‘ir atletika bahslarining erkaklar va ayollar o‘rtasidagi vazn toifalari 5+5 etib tasdiqlangan.  

Ya’ni, Parij sport maydonlarida erkaklar 61, 73, 89, 102, +102 kilogrammda, ayollar  49, 59, 71, 81, +81 kilogrammda XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari uchun kurash olib borishadi. 

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Manba: uza.uz
Kiritildi: 16:11, 24.03.2022.
O'qildi: 1142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик