Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

“Yuventus” asosiy yulduzini tekinga qo‘yib yuborishi mumkin. Dibalada kamida 3 ta variant bor

“Yuventus” asosiy yulduzini tekinga qo‘yib yuborishi mumkin. Dibalada kamida 3 ta variant bor

Baho:
+ | -

  Ko‘rinishidan, tez orada "Yuventus" yana yangi habarlarni e’lon qiladi. O‘tgan yozda Krishtianu Ronaldu ketganidan so‘ng jamoaning eng katta yulduzi Paulo Dibala bo‘lgan edi. Ammo bu uzoq davom etmaydigan ko‘rinadi.

Dibala yozda ketadimi?

Xabarga ko‘ra, ha. Nufuzli Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, Dibalaning «Yuventus» bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralari samarasiz ketgan. Yozda argentinalik futbolchining klub bilan shartnomasi tugaydi. Ko‘rinishidan, mavsum yakunida Paulo tekinga ketadi. "Yuventus" afsuslanishga haqli - Transfermarkt hujumchining narxini 40 million yevroga baholamoqda va endi uni sotishdan pul ishlab bo‘lmaydi.

2021 yilda “Yuve” Dibalaga 11 million yevrolik shartnoma taklif qildi, ammo shundan beri vaziyat o‘zgardi. Futbolchining agenti bilan ikki soat davom etgan so‘nggi uchrashuvda klub rahbarlari allaqachon butunlay boshqa raqamlar haqida gapirishgandi - bu miqdor ikki baravar ko‘p deb atalgan. Boshqa muzokaralar bo‘lmaydi.

Dibalaning shartnomasidagi qiyinchiliklarni bilvosita "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining so‘zlari ham tasdiqlaydi: "Paulo keyingi mavsumda "Yuventus" futbolchisi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Bu klubga va men bilan birga direktorlar kengashiga bog‘liq. Bizda Kuadrado, De Shilyo, Bernardeski bor, ularning shartnomasi ham iyun oyida tugaydi. Biz faqat Dibala haqida o‘ylay olmaymiz.”

Aksariyat manbalarning xabar berishicha, "Yuve" allaqachon Dibalaga o‘rinbosar topgan. Gap “Roma”dan Nikolo Dzanyolo haqida ketmoqda. Bu mantiqan to‘g‘ri: italiyalik o‘yin borasida Pauloga biroz o‘xshaydi.U ham ijodkor va chapaqay.

Dibala keyingi mavsum qaysi klubda to‘p suradi?

Argentinalikni nishonga olganlar ko‘p.  Dibalaning o‘zi hali keyingi jamoani tanlagani yo‘q, ammo bu asosiy variantlarni tahlil qilishimizga xalaqit bermaydi.

"Barselona"

  Ko‘pchilik ushbu variant haqiqatga yaqinroq deya e’tirof etmoqda. Negaki, kataloniyaliklar yarim yildan beri Leo Messisiz o‘ynamoqda, bir necha yil avval Dibalani uning merosxo‘ri deb atashgandi. Argentinalik, chapaqay, o‘ng qanotdan yaxshi zarba va texnikasi ancha yuqori hisoblanadi. Qolaversa, bir oy oldin ispan OAVlaridi Pauloning "Barselona”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi.

"Atletiko"

 Ispaniyada Madrid klubi Dibalaga asosiy da’vogarlardan biri deb aytilmoqda va klub allaqachon futbolchining agentlari bilan bog‘langanini da’vo qilmoqda. Pauloning kelishi Luis Suaresning ketishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi mumkin.

“Inter”

 Asosiy da’vogarlarning ikkinchisi. Ushbu parametr ham ijobiy, ham salbiy tomonlarga ega. Masalan: Dibala Italiyani tark etishi shart emas, u kuchliroq jamoaga ko‘chib o‘tadi. Kamchiliklari: "Yuve" muxlislarining mehrini unutishi kerak bo‘ladi, chunki "Inter" ular uchun dushman.

APL

 Bir vaqtning o‘zida bir nechta variant bor va bu ajablanarli emas: ingliz klublari Dibalaning maoshini to‘lay olishadi. Yanvar oyida argentinalik futbolchining xizmatlari «Manchester Siti», «Liverpul» va «Tottenhem»ga taklif qilgan edi. Ular orasiga “Nyukasl”ni doimiy ravishda qo‘shish mumkin.

 Dibala 28 yoshda ekanligini hisobga olsak, uning “eng gullagan yoshligi” o‘tib bormoqda va bundan keyingi xar bir qadam uning uchun muhim ahamiyatga ega.

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 02:23, 25.03.2022.
O'qildi: 2897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.