Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Pro liga-2022 yulduzlari...

Pro liga-2022 yulduzlari...

Baho:
+ | -

Pro ligada Superliga yo‘llanmasini ko‘zlagan jamoalar bisyor. Demak, mavsum qizg‘in kechishidan umid bor. Quyida ushbu divizionda to‘p surayotgan, o‘z vaqtida elita havosidan bahramand bo‘lgan yulduz futbolchilar xususida so‘z yuritamiz.

Shahboz ERKINOV  («Andijon»)

Viktor Kumikov tarkibni kuchaytirish ishlarida tajribasi katta o‘yinchilarga e’tibor qaratdi. Shahboz Erkinov shular jumlasidan. O‘tgan ikki mavsumni «Bunyodkor» safida o‘tkazgan hujumchi Pro liga ishtirokchisidan tushgan taklifni qabul qildi. Aslida «Andijon» o‘tgan yili Erkinovni nishonga olgan, biroq kelishuv amalga oshmagandi. Ko‘ramiz, endi futbolchi ishonchni oqlay olarmikan?

Suhrob BERDIYEV  («Yangiyer-quruvchi»)

Qo‘qonlik muxlislar yoqimtoyiga aylangan Berdiyev qishda bir nechta takliflarga ega bo‘lgandi. Jarohati sababli ancha vaqt jamoasiga yordam berolmadi. 2021 yilgi mavsumning aksar qismini zaxirada o‘tkazgan futbolchi «Qo‘qon-1912» bilan shartnomasi yakuniga yetgach, bir muddat «Surxon» mash-g‘ulotlarida ishtirok etdi, shuningdek, unga «Andijon» va xorij jamoalaridan ham chorlov bo‘ldi. Lekin kutilmaganda, Berdiyev transfer oynasining so‘nggi kunlarida «Yangiyer-quruvchi»dan tushgan taklifni qabul qildi. Pro liganing ilk turida u antiqahramonga aylandi: «g‘ijduvon»-ga qarshi bahsda penaltidan foydalana olmadi.


Bobur DAVLATOV  («Andijon»)

2011 yili Meksika yashil maydonlarida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan Davlatov faoliyatida ham pasayish kuzatilmoqda. Qaysidir ma’noda, jarohatlar ham uning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatdi. Asosan Rossiya va Qozog‘istondagi faoliyatidan so‘ng futbolchi o‘tgan mavsumni «Metallurg»da o‘tkazdi. Bekobodliklar safida ham yetarli imkoniyatga ega bo‘lmagach, «Andijon»dan qo‘nim topdi.


A’zam ALIYEV («Turon»)

Namangan futboli tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Aliyev bu mavsum ham Pro ligada to‘p suradi. O‘tgan mavsumni «Neftchi»da o‘tkazib, jamoa bilan Superligaga yo‘llanma olgan yarim himoyachi endi bu ishni yaypanliklar bilan uddalash niyatida. Aliyev - tezkor o‘yinchi, maydonni ham yaxshi ko‘ra oladi. Muhim vaziyatlarda jamoadoshlarini golli vaziyatarga chiqaradi. Qisqasi, u Pro liganing eng yaxshi futbolchilaridan biridir.


Obid JO‘RABOYEV  («Buxoro»)

Yana bir Namangan futboli vakili yangi mavsumni «Buxoro»da boshladi. Jo‘raboyev 2021 yili «Dinamo»ning Superligaga chiqishiga katta yordam bergandi. Kutilmaganda, Samarqand klubi rahbariyati vazifa bajarilganidan so‘ng ko‘plab futbolchilar bilan xayrlashdi, jumladan, Jo‘raboyev ham jamoani tark etdi. Hakim Fuzaylov «Buxoro» bosh murabbiyi etib ta-yinlanganidan so‘ng, sobiq shogirdlarini o‘z oldiga chorladi. Ular orasida Jo‘raboyev ham bor. Jamoaning vazifasi o‘zgarmagan - Superligaga chiqish.


Abduqahhor HOJIAKBAROV («Yangiyer-quruvchi»)

Katta tajribaga ega qanot himoyachisi faoliyatida pasayishlar kuzatilmoqda. O‘tgan mavsumni «Turon»da o‘tkazgan Hojiakbarov asosan zaxirada qolib ketdi. Yaypanliklar elitadan tushib ketganidan so‘ng Abduqahhorga bir qator takliflar bo‘ldi. Lekin yakunda u ham Pro ligada o‘ynashga qaror qilib, «Yangiyer-quruvchi» taklifiga ijobiy javob berdi. Agar mahoratli qanot himoyachisi to‘liq sport formasiga tushib olsa, jamoasiga yordam berishi turgan gap.

IZZATBEK tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 26.03.2022.
O'qildi: 2036 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.