"PSJ" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Anxel Di Mariya JCH-2022'dan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlashiga shama qildi.
25 martdan 26 martga o‘tar kechasi Di Mariya JCH-2022 saralashi doirasida Venesuelaga qarshi (3:0) uy uchrashuvida gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
“Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men har doim boshidan kechirgan voqealarim sodir bo‘lishini orzu qilardim. Bu Argentinadagi terma jamoa libosidagi so‘nggi o‘yinim bo‘lsa kerak”, - deb yozdi Di Mariya.