Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Braziliyalik futbolchilar Ronalduni Mundialga yaqinlashtirdi yoxud Portugaliya terma jamoasida to‘p tepgan amerikaliklar

Braziliyalik futbolchilar Ronalduni Mundialga yaqinlashtirdi yoxud Portugaliya terma jamoasida to‘p tepgan amerikaliklar

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi JCH-2022 yo‘llanmasi uchun kechgan birinchi uchrashuvda Turkiyani mag‘lub etdi - 3:1. Otavio va Mateush Nunesh tomonidan kiritilgan ikkita gol Fernandu Santush boshchiligidagi terma jamoani Mundial tomon bir qadam yaqinlashtirdi. Gol urgan ikki futbolchi ham o‘tgan yili terma jamoada debyut qilishgan va ikkisining ham asli kelib chiqishi braziliyalik. Ammo Nunesh 2010 yil 12 yoshida Portugaliyaga kelgan bo‘lsa, Otavio 2021 yilda mamlakat fuqaroligini oldi.

O‘xshash madaniyat va umumiy tilga qaramay, Portugaliya terma jamoasi tarixida mahalliylashtirilgan braziliyaliklar (Braziliyada tug‘ilgan o‘yinchilar) unchalik ko‘p bo‘lmagan - atigi 9 ta.

Shu sabab bugun biz Otavio va Nuneshdan oldin Portugaliya termasida o‘ynagan braziliyalik futbolchilarni eslashga qaror qildik.

Lusio Soaresh (1960 - 1962)

Himoyachi Lusio Soareshning professional klubdagi faoliyati (o‘ngdan ikkinchi rasmda) uzoq davom etmadi. Vikipediya ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘ynagan yagona jamoa «Sporting» bo‘lgan. Lusio ushbu klub sharafini besh yil himoya qilgan. Terma jamoadagi faoliyati ham tez yorqin emas - ikki yil ichida atigi beshta o‘yin.

 

Celsu (1976 - 1978)

Braziliyalik Selsu Luis de Matos Rio-de-Janeyroda tug‘ilgan, ammo deyarli butun faoliyatini Portugaliyaning «Boavista» va «Portu» klublarida o‘tkazgan. Faoliyatining so‘nggi yillarida Selsu vataniga qaytib, «Goyas» klubi tarkibida biroz o‘ynadi. Selsuning klubdagi faoliyati ajoyib bo‘lsa-da, Portugaliya terma jamoasi safida bor-yo‘g‘i uchta o‘yin o‘tkazgan.

 

Deko (2003 - 2010)

Selsudan keyin 25 yil davomida Portugaliya terma jamoasi safida birorta ham braziliyalik futbolchi o‘ynamagan. Keyinchalik esa ular safida Deko ismli futbolchi paydo bo‘ldi. U 19 yoshida «Korintians»dan «Benfika»ga o‘tgan. Ammo Lissabonda yosh futbolchining o‘yinlari hech kimni hayratga solmadi, shuning uchun u «Alverku» va «Salgeyrush» kabi jamoalarda o‘ynashga majbur bo‘ldi. Deko keyinchalik «Portu» sharafini himoya qiladi va u yerda tom ma’noda yuqori darajadagi o‘yin namoyish etadi.

Deko portugal fuqaroligini qabul qilingandan keyingi birinchi bahsda o‘z vatani - Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘ynadi va jarima zarbasidan gol urib, portugaliyaliklarga 1966 yildan keyin birinchi marta amerikaliklar ustidan g‘alaba qozonishiga yordam beradi. Yetti yil ichida Deko portugaliyaliklar safida 75 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va JCH-2010dan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.

Pepe (2007 -)

Dekoning ilk o‘yinidan to‘rt yil o‘tib, terma jamoada yana bir afsona debyut qildi - Pepe. U Braziliyaning kichik Maseyo shahrida tug‘ilgan va keyin Alagonaning «Korintians» jamoasida o‘ynagan. 2001 yilda Pepeni «Maritimo» klubi skautlari payqab qolishdi va yosh futbolchini Portugaliyaga olib kelishdi.

«Portu» va «Real Madrid»dagi ajoyib o‘yinlar, top darajadagi futbolchiga aylanish va Portugaliya terma jamoasi safidagi 123 ta o‘yin — bu Pepening faoliyati haqida qisqacha. Terma jamoa safida faqat uchta futbolchi Pepedan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan - Luish Figu (127), Joau Moutinyo (143) va Krishtianu Ronaldu (185). Afsonaviy himoyachi hamon portugallar safida to‘p tepmoqda va uning kuchli uchlikka kirish imkoniyati ancha yuqori.

 

Liyedson (2009 - 2010)

Asli kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan hujumchi Liyedson faoliyatini Braziliyaning «Koritiba», «Flamengo» va «Korintians» klublarida boshlagan. 2003 yilga kelib, u «Sporting» skautlari nazariga tushdi va uzoq vaqt davomida Portugaliyada chempionatida o‘ynadi. Liyedson mamlakat milliy terma jamoasi safida o‘ynashga tayyorligi haqida bir necha bor gapirgan va 2009 yilda o‘z debyutini o‘tkazgan. Bu o‘sha paytda Portugaliya bosh murabbiyi bo‘lgan Karlush Keyrushning tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

Liyedson Portugaliya termasida bor-yo‘g‘i bir yil o‘ynadi, ammo bu vaqt ichida u 15 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan. Ulardan biri KXDRga qarshi kechgan 2010 yilgi jahon chempionati doirasidagi o‘yin edi.

 

Roni Lopesh (2017 - )

Qanot himoyachisi Roni Lopesh Braziliyaning Belem shahrida tug‘ilgan, lekin futbolchi ota tomondan braziliyalik hisoblanadi, chunki onasi asli Angoladan bo‘lgan etnik portugal hisoblanadi. Roni to‘rt yoshga to‘lganda, oila Portugaliyaga ko‘chib o‘tdi.

U «Benfika» va «Manchester Siti» akademiyalari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Portugaliya yoshlar terma jamoasining barcha bosqichlarini bosib o‘tgan va asosiy jamoadagi debyutini 2017 yilning noyabr oyida AQSHga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Gonsalo Gedeshning o‘rniga maydonga tushgan. Keyingi yili u Xorvatiyaga qarshi o‘yinda yana maydonga tushdi. Shundan so‘ng uni terma jamoaga boshqa chaqirishmadi.

 

Diyego Souza (2019 - )

Braziliyaning millioner shahri San-Luiseda tug‘ilgan hujumchi ilk bor 2010 yilda Portugaliya klubiga («Leyshonshe») kelib qo‘shilgan. O‘shandan keyin Diyego Angolaning «Interkub» jamoasiga o‘tdi. U yerda bir necha mavsum o‘ynagandan keyin Portugaliyaga qaytib keldi, hamda «Tondelu», «Portimonense» va «Maritimu» klublarida o‘ynadi. 2017 yilda Souza «Braga»ga ko‘chib o‘tdi. Diyego ushbu jamoa tarkibida 68 o‘yinda 32 gol urdi. Souzaning yorqin o‘yinlari Portugaliya bosh murabbiyi Fernandu Santushning e’tiborini tortdi va uni 2019 yilda terma jamoa yig‘iniga chaqirdi.

Diyego Yevro-2020 saralashining mart oyida Ukraina (0:0) va Serbiyaga (1:1) qarshi o‘yinlarda zaxiradan maydonga tushgandi. Hozircha shu, Souza boshqa terma jamoaga chaqirilgani yo‘q.

 

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 22:51, 26.03.2022.
O'qildi: 4887 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.