Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Jorshinyo — Italiyaning muvaffaqiyatsizligi ramzi(mi?)

Jorshinyo — Italiyaning muvaffaqiyatsizligi ramzi(mi?)

Baho:
+ | -

Olti oy oldin u "Oltin to‘p"ga da’vo qilgan edi, endi esa Makedoniyaga qarshi o‘yinda halokatli xatoga yo‘l qo‘ydi.

Italiya terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqish huquqi uchun pley-off mini-turnirining yarim finalida Shimoliy Makedoniyaga sensasion tarzda mag‘lub bo‘ldi – 0:1. “Skuadra Azzurra”ning sharmandali mag‘lubiyati timsollaridan biri yarim himoyachi Jorjinyo bo‘ldi.

Yarim himoyachi uchun birinchi ogoh qo‘ng‘irog‘i Yevro-2020 finalida Angliyaga qarshi o‘yindan keyingi penaltilar seriyasidagi noaniq zarbasi bo‘lishi kerak edi. Keyin ular bunga unchalik ahamiyat berishmadi, chunki baribir Italiya turnirda g‘olib chiqdi.

Biroq keyinchalik futbolchining o‘zi ham bo‘lib o‘tgan voqeadan jiddiy xavotirda ekanini tan oldi: “Odamlar bu muhim emas, deyishadi, lekin men uchun bu muhim. G‘alaba qozongan bo‘lsak ham, bu meni xafa qiladi. Jin ursin, men jamoadoshlarim hafsalasi pir qildim. O‘sha paytda ular menga juda ishonishdi”.

Italiyalik futbolchi qora ananani kuzda ham davom ettirdi. Sentyabr oyida JCH-2022 saralash bosqichida Shveysariya bilan o‘yinda Jorjinyo yana penaltidan foydalana olmadi. Shveysariyalik darvozaboni Yann Zommer zarba berishdan oldin yarim himoyachining sakrash bilan qilgan hiylasini aniqladi va 11 metrlik zarbani osonlikcha egallab oldi. O‘yin durang bilan yakunlandi - 0:0.

“Men xatoyimdan juda g‘azabdaman, xafa bo‘ldim va juda afsusdaman, chunki bu o‘yindagi muhim daqiqa edi. Men mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman, jamoa g‘alaba qozonishga haqli edi va menda hisob ochish imkoniyati paydo bo‘ldi. Men xatoga yo‘l qo‘ydim va hammasini barbod qildim", degan edi 30 yoshli futbolchi o‘yindan keyin.

Noyabr oyida Shveysariya bilan javob o‘yinida Jorjinyo yana penaltida adashdi. Bu safar u darvozadan yuqoriga zarba berdi. Va yana Italiya g‘alaba qozona olmadi - 1:1. Ikkita o‘tkazib yuborilgan penalti tufayli “adzurrilar” to‘rt ochkolik farqni yo‘qqa chiqardi va Murat Yakin jamoasiga yo‘l berib, guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Italiya o‘tish o‘yinlariga yo‘l oldi, u yerda yarim finalda Shimoliy Makedoniya qarshi tushdi. Italiyaliklar butun o‘yin davomida ustunlik qilishdi va o‘yinni nazorat qilishdi, ammo ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada Roberto Manchini shogirdlari kulgili tarzda gol o‘tkazib yuborishdi. Maydon markazida Alessandro Bastoni to‘p uchun kurashda yutqazib qo‘ydi. To‘p Jorjinyoning beliga tegib, Aleksandr Traykovskiga yetib keldi. Jorjinyo raqibdan to‘pni olib qo‘yish va pozisiya tanlashdagi xatoni to‘g‘rilash o‘rniga, qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, makedoniyalikning qoida buzgani haqida hakamga ishora qila boshladi. Natijada, Traykovski bemalol zarba holatiga kirdi va Janluidji Donnarummani ojiz qoldirdi.

“Nima bo‘lganini tushuntirish qiyin. Bu men uchun juda og‘riqli. O‘ylashimcha, biz vaziyatlar yaratishda muammolarga duch kelmadik. Ammo ulardan foyda chiqarish hech birimizga nasib qilmadi”, dedi Jorjinyo o‘yindan keyin.

Italiyalik futbolchi saralash bosqichida amalga oshirilmagan 11 metrni ham esladi: “Shveysariyaga qarshi o‘yinlarda urilmagan ikkita penalti haqida o‘ylash haligacha alam qiladi. Bu meni butun umrim davomida ta’qib qiladi. Bunday yuk yelkamda abadiy qoladi”.

2021 yil oxirida Jorjinyo "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlardan biri deb qaraldi. Kamtarin yarim himoyachi birinchi navbatda sovrinlarni qo‘lga kiritgani uchun emas, balki jamoalarining o‘yin uslubini o‘zgartirish va ularni butunlay boshqa darajaga olib chiqishdagi ulkan hissasi uchun maqtovga sazovor bo‘ldi. Jahon futbolidagi asosiy individual mukofot uchun yakuniy ovoz berishda italiyalik uchinchi o‘rinni egalladi. Bu pozisiyadagi futbolchi uchun ajoyib yutuq.

Ajablanarlisi shundaki, oradan bir necha oy o‘tgach, Jorjinyoning o‘sha shon-sharafidan asar ham qolmadi. U o‘z xatolari bilan “adzurri”ni Qatardagi jahon chempionatiga borish imkoniyatidan mahrum qildi va buni umrining oxirigacha eslab qolsa kerak.

Kiritildi: 23:16, 26.03.2022.
O'qildi: 1836 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.