Yarim himoyachi Eden Azar «Real» safiga o‘tganidan buyon 14 marta jarohat oldi.
"Marca" hisob-kitobiga ko‘ra, belgiyalik futbolchi 3 mavsum davomida turli jarohatlar tufayli 529 kun maydondan tashqarida qolgan. Hozircha bir mavsumda eng ko‘pi bilan 22ta o‘yinda ishtirok etgan. Eng ko‘p jarohat mavsum-2020/21ga to‘g‘ri kelgan — 7ta. Ulardan 6tasi mushakdan olingan jarohatlar hisoblanadi.
31 yoshli futbolchi jarrohlik stoliga yotishi va shu tufayli 5 haftaga safdan chiqqani haqida ma’lumot berildi.