Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Pogba oilasida mudhish voqea

Pogba oilasida mudhish voqea

Baho:
+ | -

Pol Pogba «Atletiko»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Old Trafford»ni alam bilan tark etarkan, oldinda uni yanada jiddiyroq muammo kutib turganidan bexabar edi. O‘sha tunda fransiyalik yulduzning nafaqat futboldagi obro‘si, balki eng qadrli narsa - oilasi ham xavf ostida qoldi. Pol bilan rafiqasining Manchesterdagi o‘yinga otlanganidan xabar topgan o‘g‘rilar uning xonadoniga bostirib kirishdi. Bu pallada uyda futbolchining ikki nafar farzandi bo‘lgan. Pogba hamon kerakli pallada o‘g‘illari yonida bo‘lolmaganidan afsuslanmoqda. Shunchaki, dahshatli holat!

Pol rafiqasi hamrohligida 15 mart oqshomida uydan chiqib ketishdi. Shu kuni «Old Trafford»da Chempionlar Ligasi 1|8 finalidan o‘rin olgan «MYU» - «Atletiko» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin har tomonlama muhim edi: Ispaniyadagi durang (1:1)dan keyin har ikki jamoa g‘alaba ilinjida maydonga tushgandi. Mazkur holatda, Ronaldu, Fernandesh va Pogbasi bor manchesterliklar favorit hisoblanishgandi. Ammo ular nominal ustunlikdan foydalana olishmadi - uyda birorta ham gol urmay, imkoniyatni boy berishdi (0:1). Biroq fransiyalik yarim himoyachi stadionni tark etib, uyidan xavotirli xabar olgach, ushbu mag‘lubiyat ikkinchi darajali bo‘lib qoldi.

Ma’lum bo‘lishicha, YECHL o‘yini davom etayotgan payt mashhur fransuzning uyiga o‘g‘rilar kirgan, xonadonda Pogbaga tegishli juda ko‘p narsa bor edi. Uning Cheshirdagi dang‘illama uyi qariyb 3 million funtga baholanadi - futbolchi ikki-uch oy ichida xuddi shuncha pul ishlab topadi. Futbolchining qimmatbaho buyumlar, urfga kirgan kiyimlar va lyuks toifadagi avtoga qiziqishi yuqoriligini inobatga olsak, jinoyatchilar o‘g‘rilashga arziydigan buyum topishda qiynalmaganliklari turgan gap.

Umuman, yulduz futbolchilarning tunab ketilishi - Angliyada tez-tez uchraydigan holat. Sentyabrda bo‘lib o‘tgan «Zenit»ga qarshi o‘yin payti londonlik o‘g‘rilar «Chelsi» a’zosi Ris Jeymsning uyiga qadamranjida qilishgandi. Bundan avval esa «Manchester Siti»dagi Riyod Mahrez hamda «Everton»dagi Dele Alli o‘g‘rilar harakatidan jabr chekkandi. Bu so‘nggi yilda kuzatilgan holatlar, xolos.

Lekin bu galgi jinoyat o‘zgacha, qo‘rqinchli holda ro‘y berdi. Gap shundaki, o‘g‘rilar Pogbaning uyiga kirganda, ichkarida uning ikki nafar kichik yoshdagi o‘g‘illari bo‘lgan. Polning aytishicha, o‘sha payt ular o‘z xonalarida uxlab yotishgan.

Xayriyatki, Pogbaning o‘g‘illari jinoyatchilardan jabr ko‘rishmadi: o‘g‘rilarga o‘zlari uchun zarur bo‘lgan buyumlarni olib chiqib ketish uchun 5 daqiqa kifoya qilgan. Ammo fransiyalik futbolchi xavotir va dahshatdan hamon qutula olmagan. Hissiyotlarini «Tvitter»dagi sahifasi orqali bayon etarkan, jarayonni «oilasi bilan sodir bo‘lgan eng mudhish voqea» sifatida baholagan: «Rafiqam bilan uyga shosharkanmiz, farzand-larimiz sog‘-omonmi, bilmasdik. Ota sifatida aytishim mumkinki, bolalaringizni himoya qilish uchun ularni yonida bo‘lolmaslikdan yomonroq hissiyot bo‘lmas ekan. O‘tgan tunda mening boshimdan o‘tgan kechinmalarni hech kimga ravo ko‘rmayman».

O‘sha murojaatning o‘zida Pogba jinoyat bilan bog‘liq har qanday ma’lumot uchun mukofot berishini ta’kidlab, kelgusida xonadoni xavfsizligiga yanada ko‘proq e’tibor qaratishiga sha’ma qildi. Obunachilari ham izohlarda fransuzga hamdardlik bildirishdi, ammo ularda haqli bir savol ham tug‘ildi: qanday qilib ikki nafar yosh farzandni qarovsiz holda tashlab ketish mumkin? Pol o‘yinga borishi kerak edi, lekin turmush o‘rtog‘i o‘g‘illariga qarab qolsa bo‘lardi-ku!

Boshqalar esa bir jihatni eslatib o‘tishdi: Angliyada tansoqchilar xizmati uchun yillik to‘lov qariyb 40 ming funtni tashkil etadi - Pogba bir kunda shuncha mablag‘ ishlab topadi. Shunday ekan, fransuz qo‘riqlash xizmatidan iqtisod qilmasligi kerak - oiladan qadrliroq narsa yo‘q.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:07, 27.03.2022.
O'qildi: 5827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.