Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

OFK reytingi: O‘zbekiston klublarining hissasi qanday?

OFK reytingi: O‘zbekiston klublarining hissasi qanday?

Baho:
+ | -

Ijtimoiy tarmoqlarda OFK klublar reytingi haqida savollar berishdi. Masalan, hozirgi natijalarda O‘zbekiston klublarining hissasi qanday? O‘zbekiston 2021 yil ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 4-o‘ringa ko‘tarilib olgani, hozir esa 2-o‘rinda borayotganidan kelib chiqsak, reyting qanday hisob-kitob-larga asoslanadi? Demak, mavsumlar bo‘yicha mamlakatlar reytingi qay tariqa tuzilganiga e’tibor qaratamiz.

2018 yil

* «Paxtakor» «pley-off»-da Qatarning «Al-Garafa» klubiga yutqazib, mavsumni hisobidagi 0,3 ball bilan yakunladi.

* «Nasaf» ham «pley-off»da o‘ynadi, lekin Iordaniyaning «Al-Faysali» jamoasini mag‘lub etib, jamg‘armasiga 0,6 ball qo‘shib qo‘ydi.

Umumiy hisobda O‘zbekiston «pley-off»dan keyin 0,9 ball to‘pladi.

Guruh bosqichida «Nasaf» 10, «Lokomotiv» esa 7 ochko yig‘di. Umumiy ochkolar ikkiga bo‘lindi va 8,5 ball hosil bo‘ldi. Natijada, O‘zbekiston ushbu mavsum uchun 9,400 ball jamg‘ardi. Klublar hissasi quyidagicha bo‘ldi:

«Paxtakor» - 0,300

«Nasaf» - 5,600

«Lokomotiv» - 3,500

2019 yil

* «Paxtakor» ikkita saralash raundidan muvaffaqiyatli o‘tib, 0,9 ball to‘pladi.

* AGMK ham ikki raundda qatnashdi, lekin o‘yinlarning bittasida g‘olib chiqdi. Yakun - 0,6 ball.

Umumiy hisobda, O‘zbekiston dastlabki bosqichda 1,5 ball to‘pladi. Guruh bosqichida «Paxtakor» 8, «Lokomotiv» bir yil avvalgidek yana 7 ochko yig‘di. O‘rtacha ball 7,5ga teng.

Natijada, O‘zbekiston mavsum uchun 9,000 ball jamg‘ardi:

«Paxtakor» - 4,900

«Lokomotiv» - 3,500

AGMK - 0,600

2020 yil

Bu yilgi natijalar inobatga olinmadi. Sabab - pandemiya tufayli mavsum to‘liq o‘tkazilmadi.

2021 yil

* AGMK yana «pley-off»dan boshlab, bu safar guruh bosqichiga chiqishni uddaladi. Jami - 0,6 ball.

* Guruhda «Paxtakor» va AGMK 7 ochkodan to‘pladi. O‘rtacha ball o‘z-o‘zidan ayon.

* «Nasaf» esa ballar hisob-kitob tizimi murakkabroq bo‘lgan OFK kubogida qatnashib, finalgacha yetib borish evaziga 11,080 ball to‘pladi.

Aynan shu yerda OFKning reyting tuzishdagi g‘alati tizimi ish ko‘rsatdi. 3ta klub jamg‘argan ballarning o‘rtacha sonini hisoblash o‘rniga, OFKdagilar OCHL va OFK kubogidagi o‘rtacha ballarni alohida hisoblashni ma’qul ko‘rishdi. Natijada O‘zbekistonga 18,680 ball nasib qildi:

«Paxtakor» - 3,500

«Nasaf» - 11,080

AGMK - 4,100

Klublarning 2021 yilgi reytingga qo‘shgan umumiy hissasi esa quyidagicha:

«Paxtakor» - 8,700

«Nasaf» - 16,680

«Lokomotiv» - 7,000

AGMK - 4,700

«Nasaf»ning hissasi katta ekanligiga sabab - ballarni hisoblashning noto‘g‘ri tizimi. Bunda OFK kubogidagi ballar Chempionlar Ligasidagi g‘alabadan ahamiyatliroq bo‘lib chiqmoqda. Nima ham derdik, reallik shunaqa.

Manba: https://t.me/ANikimbaev, interfutbol.uz
Kiritildi: 14:05, 27.03.2022.
O'qildi: 4648 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.