Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Bu futbolchi zahira futbolchisi sifatida ham borishga tayyor

Bu futbolchi zahira futbolchisi sifatida ham borishga tayyor

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olivye Jiru terma jamoaga qaytish haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Terma jamoaga qaytganimdan va do‘stlarimni yana ko‘rganimdan xursandman. Mening bir nechta maqsadlarim bor, ulardan biri Tyerri Anrini ortda qoldirishdir», - deya Jiruning so‘zlarini keltiradi Telefoot.

Eslatib o‘tamiz, Jiruda Fransiya terma jamoasi tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida Anridan o‘zib ketish uchun yaxshi imkoniyat bor. Ayni damda milanlik hujumchi afsonaviy hamyurtidan 4 ta gol ortda qolmoqda.

Shuningdek, Jiru jahon chempionatiga zaxira o‘yinchisi bo‘lib borishga ham tayyor ekanligini aytdi.

35 yoshli Jiru joriy mavsumda 21 ta o‘yinda 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2018 yilda hujumchi o‘z terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 17:17, 27.03.2022.
O'qildi: 1164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик