Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

El Xoji Diuf: "Salohga "Real"da yaxshi munosabatda bo‘lishmaydi, chunki u afrikalik"

El Xoji Diuf: "Salohga "Real"da yaxshi munosabatda bo‘lishmaydi, chunki u afrikalik"

Baho:
+ | -

El Xoji Diuf "Liverpul" va hujumchi Muhammad Salohni yangi shartnoma imzolashga chaqirdi.

“Shubhasiz, “Liverpul” Salohning talablarini qabul qilishi kerak. Saloh jamoada qolishi kerak. U ko‘proq maosh ishlab olishi mumkin, chunki u Mane bilan birga klubning eng yaxshi futbolchisi sanaladi. Ular birgalikda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishadi.

U iyun oyida 30 yoshga to‘ladi va men undan yana to‘rt yil "Liverpul"da qolishini so‘rayman.

"Real" klubiga o‘tish hamma narsani boshidan boshlash kerakligini anglatadi. Saloh esa uning afrikalik ekanligini, unga hech qachon yevropalik kabi munosabatda bo‘lmasligini tushunishi kerak. Unga hech qachon qolganlardan yaxshiroq shartnoma berilmaydi.

"Liverpul"da men bilan ham xuddi shunday bo‘lgan. Menga terma jamoada o‘ynashni to‘xtatishni aytishgan", - dedi "Liverpul" va Senegal terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi El Xoji Diuf.

Kiritildi: 23:04, 27.03.2022.
O'qildi: 2745 marta.
Fikrlar: 51 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик