"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadi, deya xabar berdi Sport.
Manbaga ko‘ra, daniyalik futbolchi JCH-2022'ga optimal formada borish maqsadida ko‘proq o‘yin amaliyoti beriladigan jamoaga o‘tmoqchi.
Ma’lum bo‘lishicha, unga APLning bir qator klublaridan taklif bor. Hujumchining agenti bularni o‘rganib chiqadi.