Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Mario Balotelli yuziga yangi tatuirovka chizdirdi (foto)

Mario Balotelli yuziga yangi tatuirovka chizdirdi (foto)

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi, hozirda Turkiyaning «Adana Demirspor» klubida to‘p surayotgan Mario Balotelli o‘ziga yana bir tatuirovka chizdirdi, deb xabar beradi Goal.

Balotelli ko‘z ostiga «MB459» yozuvini chizdirdi.

«Inter», «Manchester Siti» va «Liverpul»ning sobiq futbolchisi allaqachon tanasining turli qismlarini bezab turgan bir qancha dizaynlarga ega. Ko‘zining tepasida «Qora kuch» so‘zlari, shuningdek, o‘ng yonog‘ida xoch va yuzining narigi tomonida burgut pati chizilgan edi.

Balotellining bo‘ynida gorilla yuzi va «M» harfi ham bor. O‘yinchi ko‘kragiga mo‘g‘ul qo‘mondoni Chingizxondan iqtibos yozgan. Bu tatuirovkada shunday deyilgan: «Men xudoning jazosiman. Agar katta gunohlar qilmaganingizda edi, Alloh taolo sizga men kabi jazoni yubormagan bo‘lardi».

Eslatib o‘tamiz, Mario Balotelli Italiya terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022 saralashi pley-off bosqichi uchun yakuniy arizasiga kiritilmagan, garchi u jamoa yig‘inida ishtirok etgan bo‘lsada.

Kiritildi: 19:49, 29.03.2022.
O'qildi: 1609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик