Aleksey Miranchuk A Seriyaning 31-turidan o‘rin olgan “Atalanta” - "Napoli" uchrashuvida ishtirok etishi mumkin.
“Sport-Ekspress” xabariga ko‘ra, yarim himoyachi jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan. "Napoli" bilan o‘yin oldidan "Atalanta"ning rossiyalik futbolchisi umumiy guruh mashg‘ulotlarida shug‘ullangan. U bo‘lajak o‘yin uchun jamoa qaydnomasiga kiritilishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Miranchuk oxirgi marta 10 mart kuni maydonga tushgandi.