«Sampdoriya» yarim himoyachisi Mikkel Damsgor jamoasi bilan mashg‘ulotlarga qaytdi.
Klubning ijtimoiy tarmoqlarida uning safga qaytishi haqidagi xabar e’lon qilindi. 21 yoshli Mikkel o‘z klubiga A Seriyada jon saqlab qolish uchun kurashda yordam beradi.
Ma’lumot uchun, Damsgor 2020 yildan beri «Sampdoriya» safida to‘p tepmoqda. U Daniya terma jamoasi safida allaqachon o‘n uchta o‘yin o‘tkazdi.