Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Ronaldu yana bir ajoyib rekord qarshisida turibdi

Ronaldu yana bir ajoyib rekord qarshisida turibdi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu va Portugaliya terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqish arafasida turibdi. Jamoa ayni dam Shimoliy Makedoniya bilan bahs olib bormoqda va ularga bu bahsda g‘alaba zarur. Qatardagi turnir katta ehtimol bilan Krishtianu uchun so‘nggi jahon chempionati bo‘ladi.

Forvard 2016 yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida gapirib o‘tgan edi: «Men ta’tillarimni tez-tez Qatar va Dubayda o‘tkazib turaman. Men bundan xursandman, chunki bu chempionat mening so‘nggi xalqaro turnirim bo‘ladi. U yerda borimni beraman. 2022 yilgi Jahon chempionati - bu shaxsiy statistikalarimni yaxshilab olish uchun ajoyib imkoniyat», - deydi Ronaldu. Umuman, Krishtianu jahon chempionati bahslarida jami 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ronaldu JCHdagi ilk golini 2006 yilda - guruh bosqichida Eronga qarshi o‘yinda urgan: 80-daqiqada Krishtianu penaltidan aniq zarba berdi. O‘shanda portugallar yarim finalga qadar yetib borishdi va u yerda Fransiyaga (3-o‘rin uchun o‘yinda esa Germaniyaga) mag‘lub bo‘lishdi.

Ronaldu Janubiy Afrikadagi turnirga superyulduz maqomida yetib keldi, biroq bitta gol bilan musobaqani tark etdi xolos. Ronaldu jamoasiga KXDRni mag‘lub etishda katta yordam bergan. Gol esa biroz kulgili kiritilganini ham qayd etish joiz. 1/8 finalda Portugaliya ispanlarga mag‘lub bo‘lgan (0:1).

 

Braziliyada portugallar bundan ham yomonroq o‘yin ko‘rsatdi. Germaniya, Gana va AQSH bilan bir guruhga tushgan jamoa yakunda uchinchi o‘ringa ega chiqqan. O‘shanda Portugaliya va AQSHning ochkolari teng bo‘lib qolgan, ammo to‘plar farqi evaziga amerikaliklar pley-offga yo‘l olgan. (Portugaliyaning Germaniyadan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyati ko‘pchilikning yodida). Krishtianu musobaqada Ganaga qarshi o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritgan.

Krishtianu JCH-2018da eng yorqin o‘yinlarini o‘tkazgan. Rossiyada Ronaldu bir turnir davomida to‘rtta gol urgan. Ispaniyadek jamoaga qarshi xet-trik qayd etgan. Shuningdek, Marokash bilan uchrashuvda g‘alaba golini kiritgan. Natijada Portugaliya pley-offga yo‘l oldi va u yerda Urugvayga to‘qnash keldi, biroq Ronaldu va uning sheriklari yana mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rdi - 1:2.

Shu paytgacha Kloze (2002, 2006, 2010, 2014), Pele (1958, 1962, 1966, 1970) hamda Uve Zeeler (1958, 1962, 1966, 1970) ketma-ket 4 ta mundialda o‘z nomlariga gol yozdirib qo‘yishgan xolos. Agar  Krishtianu Qatardagi turnirda qatnasha olsa va gol urishga erishsa, bu boradagi musobaqalari soni beshtaga yetadi va mutlaq yetakchiga aylanib oladi. Bu ham albatta unga terma jamoadagi faoliyatini yuqori notada yakunlash uchun ajoyib motivasiya bo‘lsa ajab emas.

Kiritildi: 01:13, 30.03.2022.
O'qildi: 7592 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.