Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Zoir Jo‘raboyev: «O‘zbek klublari saviyasi deyarli tenglashdi»

Zoir Jo‘raboyev: «O‘zbek klublari saviyasi deyarli tenglashdi»

Baho:
+ | -

"Interfutbol" gazetasi muxbiri Tojikiston terma jamoasi va «Surxon» klubi himoyachisi Zoir Jo‘raboyevni suhbatga chorlab, uning Navruz Cup musobaqasi taassurotlari bilan qiziqdi.

— Zoir, jamoangiz yarim finalda alamli mag‘lubiyatga uchradi. O‘yin borasida umumiy fikringiz qanday?
— Garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsakda, Uganda termasiga nisbatan mazmunliroq o‘yin ko‘rsatdik, menimcha. Faqat vaziyatlardan foydalanolmaslik qimmatga tushdi. Bosh murabbiyimiz musobaqada natija muhim emasligi, asosiy e’tibor o‘yinni shakllantirishga qaratilishini ayt­gandi. Asosiysi, sifat yangi ustozimizga ma’qul keldi, shekilli. O‘z o‘rnida aytishim kerak, mahalliy muxlislar bizni chiroyli qo‘llab-quvvatlashdi. Buning uchun ularga jamoa nomidan rahmat!

— Turnir tashkilotchiligida kamchiliklar sezilmadimi?
—  Hammasi joyida, tashkiliy ishlar yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan. Gap yo‘q.

— Yangi murabbiy Petar Segrt qisqa fursatda Tojikiston termasi o‘yinini ancha o‘zgartirgani yaqqol sezildi. U bunga qanday erishdi?
— To‘g‘risi, o‘yinga qadar bu murabbiy bilan atigi 2 marta mashg‘ulot o‘tkazdik. Petr bu orada o‘z falfasasini umumiy ma’noda tushuntirdi, qanday o‘yin ko‘rishni xohlashini ham. U yarim finaldan so‘ng hammasini tez o‘zlashtirib olganimizni e’tirof etib, ruhiyatimizni ko‘tardi.

— Joriy yil boshida «Istiqlol»dan «Surxon»ga keldingiz. Bu qaroringizni qanday izohlaysiz?
— O‘zbekiston chempionati saviya bobida biznikidan kuchliroq. Shuning uchun «Surxon» taklifini qabul qildim. Boz ustiga, klub o‘z oldiga katta vazifalar qo‘ymoqda. Albatta, hozirgi ishlar samara berishi uchun biroz vaqt kerak. «Surxon»ga klub prezidentining o‘zi chorlagani ham tanlovimda muhim rol o‘ynadi.

— 3 mavsum oldin «Metallurg»da to‘p surgan futbolchi sifatida aytingchi, Superligada ijobiy o‘zgarishlar bormi?
— Bor, albatta. Masalan, hozirda ko‘plab jamoalarning kuchi deyarli tenglashgan. Deylik, biz mavsumni debyutant «Olimpik»ka qarshi o‘yin bilan boshlab, durang qayd etdik. Keyingi turda esa bu jamoa «Paxtakor»ga jiddiy muammo tug‘dirdi, biz «Metallurg» maydonida yaqqol ustunlikka erishdik.

— «Surxon» bosh murabbiyi Anxel Lopes avvalo, nimalarga e’tibor qaratmoqda?
— Bosh murabbiyimizga maydonning raqibga tegishli yarmida pressing qilish yoqadi. Menimcha, Lopes talablarini to‘liq bajarishimiz uchun yana biroz vaqt kerak. Qisqasi, «Surxon» o‘yini hali yanada kuchayishiga ishonaman.

Xurshid YUSUPOV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:03, 30.03.2022.
O'qildi: 2201 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик