Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugungi o‘yin uchun futbolchilarimdan minnatdorman»

Baxtiyor Ashurmatov: «Bugungi o‘yin uchun futbolchilarimdan minnatdorman»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superligasining 4-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" – "Metallurg"  uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Avvalambor, xalqimizni kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman. Bugun murabbiy sifatida shiddat, yakkakurashlar va yana boshqa jihatlar bo‘yicha futbolchilar men xohlagan o‘yinni ko‘rsatishgani uchun qoniqdim deya olaman. Jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatgani uchun o‘yinchilarimizdan minnatdormiz. Hali bunaqangi shiddatli o‘yin ko‘rmagandik. Shunaqangi yuqori tepmni keyingi uchrashuvlarda ham saqlab qolamiz, degan umiddaman. “Metallurg” yaxshi qarshilik ko‘rsatdi. Birinchi bo‘lim to‘liq ustunligimiz ostida o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda qandaydir vaziyatlarda to‘pning nazorati raqib tarafiga o‘tib ketdi. Himoyachilarimiz va darvozabonimiz yaxshi o‘yin ko‘rsatgani sababli g‘alabani ushlab qoldik. Qarshi hujumlarda ikkinchi golni kiritish imkoniyatimiz ham bo‘ldi. Uchrashuv oxirigacha futbolchilarimiz muxlislarimiz va biz murabbiylar shtabini tahlikada ushlab turishdi. Asosiysi, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

Birinchi bo‘limda jangovar o‘yin ko‘rsatdik. Quvondiq Ro‘ziyevning haqiqiy futbolini ko‘rdik. Afsuski, o‘tgan yili “Navbahor”da o‘ynaganidan keyin biroz o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qolgandi. Ammo unga ishonchim cheksiz. O‘z o‘yinini topib olishi uchun qancha kutish kerak bo‘lsa, tayyor edim. Bugun Quvondiq Ro‘ziyev va Javohir Sidiqov maydon markazida yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Bilol Toshmirzayevni ham bugun yaxshi saviyadagi o‘yinini ko‘rdik. Aslida o‘yinchilarimiz uchta tur davomida hali o‘z darajalarida to‘p surishmagandi. Ularning imkoniyati hozirgidan yuqori. “Metallurg” ham kurashdi va biz g‘alabadan mahrum bo‘lib qolishimiz ham mumkin edi. Tanaffusda yigitlarga himoyaga yotib olmaslikni, pressing qilishlarini aytdik. Lekin doim biz xohlagan narsa bo‘lavermaydi. 70-daqiqalardan xavotirga tusha boshladim. Shu bois hujumni kuchaytirishni xohladik va ikkita hujumchini tushirdik. Tarkibimizda Ro‘ziyev, Rahmatullayev, Sidiqov kabi mohir yarim himoyachilarimiz borligi uchun birinchi raqamda o‘ynashimiz kerak va to‘pni o‘zimizda saqlashimiz lozim deb o‘ylayman.

Murod Xolmuhammedovning jarohati bor edi. Toshkentdagi o‘rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushmagandi. Bugun ukol yordamida maydonga tushib jamoamizga yordam berishga qaror qildi. Futbolchimizning sog‘ligi biz uchun muhim. O‘yindan oldin so‘raganimizda yordam beraman deb aytgandi. Afsuski, jarohatini yangilab oldi. Toshkentda rentgen qildirganimizdan keyin muxlislarimizga ma’lumot berishimiz mumkin.

O‘zbekiston Kubogida o‘tgan yilgi xatolarni takrorlamaymiz va oxirigacha kurashamiz. Asosiysi, guruhdan chiqish vazifasi bor. O‘z oldimizga kamida finalga chiqishni maqsad qilganmiz", — deydi Ashurmatov.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 22:21, 31.03.2022.
O'qildi: 1277 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.