Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Bugun JCH-2022ga qur’a tashlanadi (batafsil ma’lumot)

Bugun JCH-2022ga qur’a tashlanadi (batafsil ma’lumot)

Baho:
+ | -

Bugun Qatar mamlakatida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir haqida muhim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Qachon va qayerda?
Qur’a tashlash marosimi 1 aprel kuni Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Qaysi jamoalar ishtirok etadi?
Jahon chempionatida 32ta terma jamoa ishtirok etadi. Hozirda ulardan 29tasining nomi ma’lum. Yevropada bitta yo‘llanma sohibi, shuningdek, qit’lararo pley-off bahslaridan so‘ng yana 2ta jamoa nomi aniq bo‘ladi. Musobaqada Yevropadan 13 va Afrikadan 5 jamoa ishtirok etadi. Hozircha Osiyoning 5, Janubiy Amerikaning 4 va KONKAKAFning 3ta jamoalari yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan. Qit’alararo pley-off bahslaridan keyin mazkur raqamlar o‘zgaradi. Saralash bosqichida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘yinlar:

Yevropa saralash pley-off
Uels - Shotlandiya/Ukraina

Qit’alararo pley-off
1. Kosta Rika - Yangi Zelandiya
2. BAA/Avstraliya -  Peru

Savatchalar tarkibi
32ta jamoa FIFAning 31 mart kungi reytingi asosida 4ta savatchaga ajratilishgan. Har bir savatdan 8tadan terma jamoa o‘rin olishgan. Bir savatchadan o‘rin olgan termalar bir guruhga tushishmaydi.

1-savatcha:
Qatar (mezbon, FIFA reytingidagi o‘rni — 55)
Braziliya (1)
Belgiya (2)
Fransiya (3)
Argentina (4)
Angliya (5)
Ispaniya (7)
Portugaliya (8)

2-savatcha:
Meksika (9)
Niderlandiya (10)
Daniya (11)
Germaniya (12)
Urugvay (13)
Shveysariya (14)
AQSH (15)
Xorvatiya (16)

3-savatcha:
Senegal (20)
Eron (21)
Yaponiya (23)
Marokash (24)
Serbiya (25)
Polsha (26)
Janubiy Koreya (29)
Tunis (35)

4-savatcha:
Kamerun (37)
Kanada (38)
Ekvador (46)
Saudiya Arabistoni (49)
Gana (60)
Yevropa pley-off g‘olibi
Qit’alararo pley-off №1
Qit’alararo pley-off №2

Qur’a tartibi
1) Qur’a 1-savatchadan boshlanib, 4-savatchada yakunlanadi. Qatar terma jamoasi mezbon sifatida "A" guruhining 1-pog‘onasidan joy oladi. 1-savatchaning qolgan jamoalari "B" guruhidan "H" guruhigacha joylashtirib chiqiladi. Shundan so‘ng 2, 3 va 4-savatcha vakillari "A" guruhidan "H" guruhigacha keyingi pog‘onalardan o‘rin olishadi.

2) Bir guruhda bitta Konfederasiyaning faqat bitta vakili o‘rin oladi. Yevropa bundan mustasno. Yevropadan 13ta jamoa Mundialda ishtirok etishini inobatga olganda, 5ta guruhda ikkitadan, 3ta guruhda esa Yevropaning bittadan terma jamoasi o‘rin oladi.

3) Shuningdek, qur’a jarayonida pley-off bosqichi orqali aniqlanadigan jamoalarning geografik joylashuvi inobatga olinadi. Masalan, Kosta Rika - Yangi Zelandiya o‘yini g‘olibi KONKAKAF vakili o‘rin olgan guruhdan joy olmaydi, BAA/Avstraliya -  Peru g‘olibi esa Osiyo va Janubiy Amerika termalari mavjud guruhga joylashtirilmaydi.

Taqvim
Jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatar mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Turnirning ochilish uchrashuvi Qatar va "A" guruhining 2-jamoasi o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichidan har kuni 4tadan o‘yin o‘tkazilsa, nimchorak va chorak finalda har ikkitadan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:05, 01.04.2022.
O'qildi: 6824 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.