Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Filimonov: "20 yil davomida "Spartak"dan bir marta ham qo‘ng‘iroq bo‘lmadi"

Filimonov: "20 yil davomida "Spartak"dan bir marta ham qo‘ng‘iroq bo‘lmadi"

Baho:
+ | -

Moskvaning "Spartak" klubi sobiq darvozaboni Aleksandr Filimonov Sport24 saytiga intervyu berib, Moskva klubiga ishga joylashish borasida muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi.

— 20 yil davomida "Spartak"dan bir marta ham qo‘ng‘iroq bo‘lmadi. Faqatgina o‘tgan yili klub matbuot xizmati meni qandaydir marosimga taklif qildi, xolos. Shu so‘nggi 20 yildagi birinchi taklif. Ungacha esa qo‘ng‘iroq ham, suhbat ham, hech narsa bo‘lmadi. 10 yilcha avval o‘zim klubga qo‘ng‘iroq qilib, hech bo‘lmasa klub akademiyasidan bo‘lsa ham ish topiladimi deb so‘radim. Ular menga barcha ish o‘rinlar bandligini aytishdi. Mening nomzodim hatto ko‘rib ham chiqilmadi. Xafamanmi? Men bolalar bog‘chasida emasmanku xafa bo‘lgani. Klub rivoji, ayniqsa darvozabonlar haqida odamlarning o‘z qarashlari bor. Chaqirmadimi, demak chaqirmadi, boshqa nima ham qilardim. Kim bo‘lib ishlashni xohlayman? Darvozabonlarni shug‘ullantirishni xohlayman. Men darvozabonlik ishini yaxshi tushunaman, bu menga yoqadigan va qo‘limdan keladigan soha. Qolaversa, men "Dolgoprudniy" va "Arsenal"da darvozabonlarni shug‘ullantirganman. Shuningdek, yoshlar terma jamoasida Kerjakovga ham yordam berganman", - dedi Filimonov.

Kiritildi: 13:46, 02.04.2022.
O'qildi: 1398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик