Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Gvardiola va Klopp chempionlik uchun kurashmoqda, kimda yaxshi imkoniyat? Ronaldu YECHLdan quruq qoldimi? APLning asosiy intrigalari haqida

Gvardiola va Klopp chempionlik uchun kurashmoqda, kimda yaxshi imkoniyat? Ronaldu YECHLdan quruq qoldimi? APLning asosiy intrigalari haqida

Baho:
+ | -

Qimmat tarkibga ega «Everton» quyi ligaga tushib ketishi mumkin, Saloh esa to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.

Ushbu mavsumda xalqaro o‘yinlar uchun so‘nggi tanaffus nihoyasiga yetmoqda. Bir necha kundan so‘ng Yevropa chempionatlarida chempion va quyi ligaga tushib ketadigan jamoalarni aniqlanash boshlanadi. Ayni paytda milliy chempionatlardagi ahvol qandan ekanligini aniqlash vaqti keldi. Biz Angliyadan boshlaymiz.

Gvardiola va Klopp chempionlik uchun kurashmoqda

Keling, chempionlik poygasidan boshlaylik. Unda ikkita jamoa ishtirok etishi aniq - «Manchester Siti» va «Liverpul». Pep Gvardiola shogirdlari 70 ochko bilan 1-o‘rinda, Yurgen Klopp jamoasi esa bir ochko ortda qolmoqda. Shu bilan birga, mersisaydliklar urilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda - 75:20, 68:18.

Asosiy intriga shundaki, «Siti» va «Liverpul» o‘zaro to‘qnash kelishadi! 10 aprel kuni ular 32-tur doirasidagi bahsda maydonga tushishadi. Har ikki jamoaning hozirgi formasini hisobga olsak, o‘yin chempionlik aniqlanadigan o‘yin bo‘lishi mumkin. Agar, «shaharliklar» g‘alaba qozonsa, 90 fiozga chempionlik hal qilinadi. Sababi, ularni juda sodda kalendar kutib turibdi.

Qiziqarli voqea- so‘nggi turda Stiven Jerrard boshchiligidagi «Aston Villa» bilan o‘yin. Tasavvur qiling... Quyida biz «Siti»ning o‘yinlar jadvalni ko‘rib chiqamiz.

«Manchester Siti» taqvimi: «Byornli» (2 aprel, mehmonda), «Liverpul» (10 aprel, uyda), «Vulverxempton» (17 aprel, safarda), «Brayton» (20 aprel, uyda), «Uotford» (23 aprel, uyda), «Lids Yunayted» (30 aprel, safarda), «Nyukasl Yunayted» (7 may, uyda), «Vest Xem Yunayted» (15 may, safarda), «Aston Villa» (22 may, uyda).

«Liverpul» taqvimi:«Uotford (2 aprel, uyda), Manchester Siti (10 aprel, safarda), Aston Villa (16 aprel, uyda), Manchester Yunayted (19 aprel, uyda), «Everton» (24 aprel, uyda), «Nyukasl Yunayted»30 aprel, safarda), «Tottenxem» (7 may, uyda), «Sautgempton» (15 may, safarda), Bo‘rilar (22 may, uyda).

YEvrokubok zonasi. Ronaldu Chempionlar Ligasisiz qoladimi?

«Chelsi» Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqishga yaqin, ammo to‘rtinchi o‘rin uchun uchun kurash keskin kechadi. Favorit - 2017 yildan beri asosiy yevrokuboklarda o‘ynamagan, raqiblaridan uch ochko oldinda borayotgan va bitta zahira o‘yini bor «Arsenal». Shuningdek, beshinchi o‘rinda borayotgan «Tottenxeem»da ham yaxshi imkoniyat bor.

Ammo «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasidan ham quruq qolishi mumkin. Krishtianu Ronaldu va uning jamoasi to‘rtinchi o‘rindagi jamoadan 4 ochko ortda qolmoqda.

«Arsenal» mavsumning qolgan qismida «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Vest Xem» bilan to‘qnash keladi. «Tottenxem»ning yagona jiddiy raqibi «Liverpul». «Yunayted»ni esa «Liverpul», «Arsenal» va «Chelsi» kutib turibdi.

«Arsenal» taqvimi («Tottenxem»ga qarshi o‘yin sanasi aniq emas): «Kristal Pelas» (4 aprel, safarda), «Brayton» (9 aprel, uyda), «Sautgempton» (16 aprel, safarda), «Chelsi» (20 aprel, safarda), «Manchester Yunayted» (23 aprel, uyda), «Vest Xem» (1 may, safarda), «Lids» (7 may, uyda), «Nyukasl» (15 may, safarda), «Everton» (22 may, uyda).

«Tottenxem» taqvimi («Arsenal»ga qarshi o‘yin sanasi aniq emas): «Nyukasl» (3 aprel, uyda), «Aston Villa» (9 aprel, safarda), «Brayton» (16 aprel, uyda), «Brentford» (23 aprel, safarda), «Lester» (30 aprel, uyda), «Liverpul» (7 may, safarda), «Byornli» (15 may, uyda), «Norvich» (22 may, safarda)

«Manchester Yunayted» taqvimi: «Lester» (2 aprel, uyda), «Everton» (9 aprel, safarda), «Norvich» (16 aprel, uyda), «Liverpul» (19 aprel, safarda), «Arsenal» (23 aprel, safarda), «Brentford» (2 may, uyda), «Brayton» (7 may, safarda), «Chelsi» (15 may, uyda), «Kristal Pelas» (22 may, safarda).

Xavfli zona. «Everton»ni qimmat tarkib qutqara olmaydimi?

Jadvalning pastki qismi ham qiziqarli. «Norvich»ning holati juda yomon (atigi 17 ochko va ketma-ket oltita mag‘lubiyat), ammo ligada qolish uchun kurashda qolgan jamoalar oxirigacha kurashadi. Hattoki, salkam 500 million yevrolik tarkibga ega «Everton» ham chempionshipga yo‘l olishi mumkin. «Irislar»ni «Norvich» bilan birga «Byornli» va «Uotford» joylashgan xavfli zonadan bor-yo‘g‘i 3 ochko ajratib turibdi.

«Byornli» oson taqvimga ega. Shon Daych jamoasini faqat «Siti» va «Tottenxem» kabi yetakchi klublar kutib turibdi, shuningdek, zaxirada «Aston Villa» bilan qoldirilgan o‘yin ham bor. «Uotford» «Liverpul», «Siti» va «Chelsi» bilan, «Everton» esa «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Chelsi» va «Arsenal» bilan o‘ynashi kerak.

«Byornli» taqvimi (hali «Aston Villa»ga qarshi o‘yin sanasi ma’lum emas): «Manchester Siti» (2 aprel, uyda), «Everton» (6 aprel, uyda), «Norvich Siti» (10 aprel, safarda), «Vest Xem» (17 aprel, safar), Sautgempton ( 21 aprel, uyda), «Vulverxemton»(24 aprel, uyda), «Uotford» (30 aprel, safarda), «Aston Villa» (7 may, uyda), «Tottenxem (15 may, safarda), «Nyukasl» (22 may, uyda).

«Uotford» taqvimi («Everton» bilan o‘yin sanasi hozircha ma’lum emas): «Liverpul» (2 aprel, safarda), «Lids» (9 aprel, uyda), «Brentford» (16 aprel, uyda), «Manchester Siti» (23 aprel, safarda), «Byornli» (30 aprel, uyda), «Kristal Pelas» (7 may, safarda), «Lester» (15 may, uyda), «Chelsi» (22 may, safarda).

«Everton» taqvimi («Uotford»ga qarshi o‘yin sanasi ma’lum emas): «Vest Xem» (3aprel, safarda), «Byornli» (6 aprel, safarda), «Manchester Yunayted» (9 aprel, uyda), «Kristal Pelas» (16 aprel, uyda), «Lester» (20 aprel, uyda), «Liverpul» (24 aprel, safarda), «Chelsi» (1 may, uyda), «Lester» (7 may, safarda), «Brentford» (15 may, uyda), «Arsenal» (22 may, uyda).

To‘purarlar poygasi. Saloh top

Joriy mavsumning eng sermahsul futbolchilari haqida to‘xtalsak. Bu yerda Muhammad Saloh yetakchilik qilmoqda. «Liverpul» forvardi 27 o‘yinda 20 ta gol urgan (5 tasi penaltidan). Misrlik bilan birga kuchli beshlikdan uning ikki jamoadoshi - Diogo Jota va Sadio Mane bor. Shuningdek, «Tottenxem» hujumchisi Son Xin Min va 12 ta gol urishni uddalagan37 yoshli Krishtianu Ronaldu.

Oxirgi ikki mavsumda oliy ligada chempionlik intrigasi yo‘qligiga o‘rganib qolgandik. Kovid tarqalgan yilda raqiblarga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan chempionlikni «Liverpul» qo‘lga kiritdi, keyin esa «Siti» ham xuddi shunday ishni amalga oshirdi. Endi biz haqiqiy kurashni ko‘ramiz. Bu ajoyib!

Kiritildi: 15:25, 02.04.2022.
O'qildi: 3052 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.