Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Jahon chempionati maskotlari haqida nimalarni bilasiz?

Jahon chempionati maskotlari haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

2022 yilgi jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimida Laib nomli maskot ommaga tanishtirildi.

Tarjimada uning nomi o‘ta mahoratli o‘yinchini anglatadi. Qatarliklar maskotni hayvon qiyofasida tasvirlay olmadilar. FIFA buni quyidagicha ta’riflaydi: Laib «ta’riflab bo‘lmas maskotlarning parallel olami»dan kelib chiqadi, shuning uchun har kim o‘zi uchun uni turlicha tasavvur qilib olishi mumkin. U uchuvchi gilam qiyofasida gavdalanadi. To‘g‘ri, buning sportga umuman daxli bo‘lmasligi mumkin.

Laibni kimga qiyoslash mumkin?

E’tiborlisi, ular maskotni hayvon qiyofasida chizishni xohlashmagan. Asl haqiqat shundaki, islomda tirik mavjudotlar tasvirini chizish taqiqlanadi. Chunki bu tarzda odam Allohga taqlid qilishga harakat qilishi mumkinligi aytiladi. Musulmonlarga hatto uylarida odam va hayvonlarning suratlarini saqlash ham taqiqlangan. Arab tilidan tarjima qilinganda, Laib juda mahoratli futbolchi deganidir. Jahon chempionatida maskotlar ko‘p yillardan beri mavjud. Xo‘sh oldingi maskotlar qanday ko‘rinishga ega edi? Quyida shu xususda so‘z yuritamiz.

1966 yilgi Jahon chempionati - Villi Arslon.

Birinchi rasmiy Jahon chempionati talismani 1966 yilda Angliyada paydo bo‘lgan. Villi ko‘kragida «jahon chempionati» degan birikma tushirilgan Britaniya bayrog‘i rangidagi sherdan iborat edi.

Meksika 1970 - Xuanito

Meksikaning milliy sombrero shlyapasini kiyib olgan bola. Bu yerda terma jamoaning ranglari ham aks ettirilgan. U mashhur ispancha Xuan ismidan kelib chiqqan.

Germaniya-1974

Futbolni yaxshi ko‘ruvchi ikki nemis bolasi

Argentina 1978 yil - Gauchito

Bu maskot Argentina terma jamoasi ranglarida aks etadi. Unga gauchoslar, ya’ni pampada yashovchi argentinalik kovboylar laqabi berilgan.

Ispaniya 1982 yil - Naranjito

Ispaniyada apelsin (milliy meva) maskot qilingan - shuningdek, ispan tilidagi kichraytiruvchi qo‘shimcha nomga qo‘shilgan.

Meksika 1986 yil - Pike

Albatta bu maskotning Jerar va Nelson Pikega aloqasi umuman yo‘q. Sombrero qalampiri Meksikadagi ziravorlarning umumiy nomidan kelib chiqqan.

Italiya 1990 yil - Chao

1990 yilda Italiyada kichkina odam ma’nosidagi maskotga katta urg‘u berildi. Nega Chao? - Chunki bu italyan tilidagi eng mashhur so‘z.

AQSH 1994 yil - Strayker

Amerika Jahon kubogi uchun multfilmdagi it-maskotni tanishtirgan. U «Disney» tomonidan yaratilgan.

Fransiya 1998 yil - Futiks

Futiks - galliyalik xo‘roz, Fransiyaning milliy ramzi hisoblanadi. Maskot o‘z nomini «futbol» so‘zining birinchi qismidan va Galli nomlarining qo‘shimchasidan olgan - masalan, Asteriks shaklida.

Janubiy Koreya va Yaponiya 2022 yil - Ato, Kaz va Nik (Sferiki)

Janubiy Koreya va Yaponiyada bir vaqtning o‘zida uchta maskot bo‘lgan. Bu esa ushbu mamlakatlarning ishlab chiqarish qobiliyatiga o‘zaro bog‘langan. Uchalasi ham atmobol jamoasi a’zolari bo‘lib, Ato murabbiy, Kaz va Nik esa o‘yinchilardir.

Germaniya-2006 – Goleo VI i Pille

Goleo - futbol sher, Pille esa gapiradigan to‘p. Oltilik raqam ham tasodifan tanlanmagan, bu turnir o‘tkazilgan yilni anglatadi.

Janubiy Afrika 2010 - Zakumi

Zakumi - yashil sochli antropomorfik leopard (Janubiy Afrika terma jamoalarining ranglari bilan tasvirlangan). ZA — Janubiy Afrikaning ayrim tillardagi nomi, kumi o‘n sonini bildiradi.

Braziliya 2014 - Fuleko.

 

Fuleko jangovar kemasi o‘z nomini futbol va ekologiyadagi atamalardan olgan. Shuning uchun u boshqa bir qator maskotlardan ajralib turadi.

Rossiya-2018 – Zabivaka

Zabivaka — jigarrang va oq mo‘ynali, ko‘k ko‘zli bo‘ri bo‘lib, uning libosida oq, ko‘k va qizil ranglarning kombinasiyasi Rossiya bayrog‘ining ranglarini anglatadi.

Kiritildi: 00:35, 03.04.2022.
O'qildi: 3443 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.