Sobiq "MYU" futbolchisi Roy Kin "Tottenxem"ning to‘rtinchi o‘rin uchun kurashi haqida fikr bildirdi. U bu haqida shunday deydi:
"Ayni damda to‘rtinchi o‘rin istalgan jamoaniki bo‘lishi mumkin. Hech kim u joyni kafolatlay olganicha yo‘q. "Shporlar" keyingi paytlarda yaxshi o‘yin ko‘rsata boshladi. Keyn va Son yana katta sahnaga chiqdi. Bentankur va Kulushevski esa yanvardagi omadli xaridlardan bo‘ldi. Menimcha, jamoaning imkoniyati yomon emas".
Bugun "shporlar" o‘z uyida "Nyukasl"ni qabul qiladi.