"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsman "Frayburg"ga qarshi bahsdagi hakamlar xatosiga to‘xtalib o‘tdi. U bu haqida shunday deydi:
"Tolissoning qorni og‘rib qoldi va tunnel tomon yo‘l oldi. Zaxira hakami noto‘g‘ri raqam ko‘rsatdi va maydondagi Koman chiqishi kerakligini bilmay qoldi. Aynan shu yerda tushunmovchilik yuzaga keldi. U sakkiz yoki to‘qqiz soniya maydonda bo‘ldi, xolos. Shu sabab to‘pga tegishga ham ulgurmadi. Bu esa o‘yinni adolatsiz bo‘lganini anglatmaydi.".
"Bavariya" kecha raqibi ustidan 4-1 hisobida g‘alaba qozongan edi.