Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 0-0 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 2-0 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 0-0 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

La Liga: "Barselona" "Sevilya"ni mag‘lub etdi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

La Liga: "Barselona" "Sevilya"ni mag‘lub etdi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 30-tur markaziy uchrashuvi "Barselona" hamda "Sevilya" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bellashuvda kim g‘alaba qozonsa, turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasini band etardi. Shu sababli, o‘yinga bo‘lgan qiziqish yuqori edi.

Hujumlar tashkil qilish va xavfli vaziyatlar yaratish borasida "Barselona" ustunlik qildi. Bir nechta vaziyatda omad kelmadi yoki yakunda aniqlik yetishmadi.

Bellashuvning 72-daqiqasida Dembeledan to‘pni qabul qilib olgan Pedri ikki raqibni chiroyli tarzda aldab, chamasi 18 metrlardan "Sevilya" darvozasini ishg‘ol etdi. Mana shu yagona gol "Barselona"ga muhim uch ochkoni olib keldi va ikkinchi o‘rinni ta’minladi.

"Barselona" – "Sevilya" 1:0

4 aprel, 00.00, «Kamp Nou»

Gol: 1:0 – 72 Pedri.

"Barselona" – ter Stegen, Dani Alves, Pike, Arauxo, Alba, Buskets, de Yong (Gavi, 74), Pedri, Obameyang (Depay, 81), Dembele (Niko Gonsales, 90), Ferran Torres.

"Sevilya" – Bunu, Navas (Montyel, 78), Diyego Karlos, Kunde, Rekik (Rafa Mir, 82), Rakitich, Gudel (En-Nesiri, 78), Lamela (Korona, 67), Okampos, Jordan, Marsyal (Augustinsson, 82).

Ogohlantirishlar: Buskets (61), Dembele (82), Pike (85), Korona (85), Montyel (85), Okampos (88).

Kiritildi: 02:00, 04.04.2022.
O'qildi: 3009 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик