Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Allegri: "Va nihoyat, muxlislar «Yuventus»ni Skudetto uchun kurashdan chiqdi deb hisoblashlari mumkin!"

Allegri: "Va nihoyat, muxlislar «Yuventus»ni Skudetto uchun kurashdan chiqdi deb hisoblashlari mumkin!"

Baho:
+ | -

Massimiliano Allegri «Inter» jamoasiga (0:1) mag‘lub bo‘lgan «Yuventus»ning A Seriyadagi imkoniyatlariga baho berdi.

“Men hozir hech narsa yordam bermaydi, demayman. Men o‘yinni muhokama qilmoqchiman. Jamoam yaxshi o‘yin o‘tkazdi, yaxshi o‘ynadik, darvozaga ko‘p marta zarba berdik, biroq, yutqazganimiz achinarli bo‘ldi.

Bu «Yuventus» o‘ynadi, jamoa yaxshilanmoqda, biz ko‘proq vertikal uzatmalarni amalga oshirmoqdamiz, hujumchilarni topishda va texnik jihatdan yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqdamiz.

Va nihoyat, muxlislar «Yuventus»ni Skudetto uchun kurashdan chiqdi deb aytishlari mumkin! Biz faqat to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritish va kelasi mavsumni kuchli startga tayyorlash uchun imkon qadar ko‘proq ochko to‘plashni istaymiz.

Kelgusi mavsumda biz bir yil davomida birga ishlaymiz, shuning uchun biz Skudettoni yutish uchun harakat qilishni boshlaymiz. Bu yil mavsumni yomon boshladik, ko‘proq g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Muhim o‘yinlarda ham alohida vaziyatlar bizga xalaqit berdi.

Stakanning yarmi to‘lganini hisobga olishimiz kerak: kuchli jamoaga aylanib bormoqdamiz, ayrim jihatlarni kuchaytirish bo‘yicha ishlar qilish kerak”, — dedi Allegri DAZN nashriga.

Kiritildi: 02:48, 04.04.2022.
O'qildi: 2397 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик