Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lempard «Everton» Chempionshipga tushib ketmasligiga ishonadi

Lempard «Everton» Chempionshipga tushib ketmasligiga ishonadi

Baho:
+ | -

«Everton» bosh murabbiyi Frenk Lempard o‘zi boshqaruvidagi klub Chempionshipga tushib ketish xavfi bor yoki yo‘qligini aytdi.

«Urilgan gollar - iqtidor va mashg‘ulot bazasidagi ish. Maydonda harakat har doim ham takrorlanavermaydi, lekin uni davom ettirish kerak. Har bir futbolchi va jamoa shunday daqiqalarni boshidan kechiradi. Bugun yaxshi vaziyatlar yaratdik, bu ikki-uchta gol urish uchun yetarli. Oldinda yana 10 ta o‘yin bor.

10 ta o‘yin juda ko‘p. Nasib qilsa va biz «Vest Xem» va «Nyukasl» bilan ko‘rsatgan o‘yinimizni ko‘rsatishda davom etsak, hammasi joyida bo‘lishiga ishonaman. Agar hozir nima bo‘lishini aytsangiz, kelajakda bu hech narsani anglatmaydi. Biz faqat o‘zimizga e’tibor qaratishimiz kerak.

«Everton» juda katta tarixga va muxlislar bazasiga ega klub hisoblanadi. Ayni paytda biz ushbu noxush daqiqadan o‘tish uchun harakat qilyapmiz. Men va futbolchilar hamma narsani beramiz», - deya Lempardning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Kiritildi: 14:38, 04.04.2022.
O'qildi: 762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик