«Liverpul» markaziy himoyachisi Virjil van Deyk Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Galga prostata saratoni tashxisi qo‘yilgach, u haqidagi xabarga izoh berdi.
Futbolchi murabbiyning intervyusini eshitib, hayratda qolganini aytdi.
«Kecha u intervyu berganida hayratda qoldim. Bu katta zarba edi. Suhbatdan keyin unga yozdim. Biz unga kerak bo‘lganda, albatta, uning yonida bo‘lamiz.
Umid qilamanki, biz ushbu jahon chempionatini unutilmas holga keltira olamiz», — deydi van Deyk.