Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Bobur Abduxoliqov Belarus chempionatida «Fair Play» sovrinini qo‘lga kiritdi

Bobur Abduxoliqov Belarus chempionatida «Fair Play» sovrinini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Belarus chempionatining har bir turida "Halol o‘yin" sovrini o‘z egasiga topshirib boriladi. "Energetik-BGU" klubi hujumchisi Bobur Abduxoliqov 1-tur yakunlari bo‘yicha ushbu sovrin sohibiga aylandi.

G‘olib nomini aniqlash maqsadida muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Hamyurtimiz ushbu so‘rovnomada Ivan Baxar va Vladislav Malkevichni ortda qoldirdi. Boburga sovg‘a topshirildi.

Abduxoliqov 1-turda "Vitebsk" klubiga qarshi o‘yinda 2ta gol muallifiga aylandi. Bundan tashqari, raqib futbolchilari unga nisbatan ishlatilgan qo‘polliklarni ortiqcha hissiyotsiz va g‘azabsiz qarshi oldi.

O‘zbekistonlik futbolchi sovrinni qabul qilib olgach, kichik intervyu berdi.

– "Fair Play" sovrinini qo‘lga kiritish, albatta, juda yoqimli. Menga ovoz berganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman. O‘zbekistonlik ko‘plab muxlislar meni qo‘llab-quvvatlashganini ko‘rdim. Barchaga salom yo‘llayman. Bundan keyiy ham yaxshi, samarali va halol o‘yinim orqali muxlislarni xursand qilishga harakat qilaman.

Jahonda "Fair Play" sovrinini qo‘lga kiritgan yorqin namoyondalar? Birdaniga yodimga kelmadi. Ammo halol va mas’uliyatlik o‘yin — har qanday sport turining muhim bo‘lagi hisoblanadi.

– «Energetik»ning o‘yini haqida. Jamoa har ikki o‘yinda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Siz esa gollar urib, assistentlik qildingiz. Jamoa nimaning evaziga yaxshi natijalar qayd etmoqda?
– Jamoamizda yaxshi va yosh yigitlar yig‘ilgan. Har bir bahsda g‘alaba uchun o‘ynashga harakat qilyapmiz. Xatolarimiz bor, ammo biz o‘yindan o‘yinga ularni bartaraf etishga harakat qilyapmiz.

Mening shaxsiy maqsadim? Har bir o‘yinda gol urish va golli uzatmalar berish. Har safar imkon qadar ko‘proq va ko‘proq.

Manba: news.pm.by

Бобур Абдухолиқов Беларусь чемпионатининг 2-тури доирасида "Торпедо-БелАЗ" клубига қарши баҳсда ҳам 2та гол муаллифига айланди. Шу тариқа, у 4та гол билан жорий мавсумда тўпурарлар пойгасида пешқадам бўлиб турибди.

Kiritildi: 19:41, 04.04.2022.
O'qildi: 2536 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.