Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Arteta: "Birinchi bo‘limda yomon o‘ynadik"

Arteta: "Birinchi bo‘limda yomon o‘ynadik"

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APL doirasida «Kristal Pelas» jamoasidan (0:3) uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi.

“Pelas" futbolchilarini ko‘rsatgan o‘yinlari bilan tabriklayman, lekin biz o‘zimizga o‘zimizga imkonsiz vazifani qo‘yganmiz. Kontaktdan qochmaslik va faol harakat qilish kerak - shunda biror narsaga ishonish huquqi bo‘ladi. Bizda to‘p bilan muomala qilishda barqarorlik yetishmadi va bu qabul qilib bo‘lmaydi.

Ayniqsa, birinchi bo‘limda yomon o‘ynadik. Muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Bugun bizda ustunlik qilish uchun konsentrasiya yoki xotirjamlik yetishmadi hamda bu meni eng ko‘p g‘azablantiradi. Ba’zan o‘yinga e’tiboringizni qaratmaysiz, doim kechikasiz. Raqib bundan unumli foydalandi, ammo vaziyatni o‘zgartira olmadik.

Yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lganimizda, gol ura olmadik va o‘zimizga o‘yinga qaytish imkoniyatini bermadik. Avvalo, biz haqli bo‘lgan barcha tanqidlarni qabul qilishimiz kerak. Biz ko‘zguda o‘zimizga qaraymiz va keyingi o‘yinga tayyorlanamiz.

Biz qiyinchilikni qabul qilishimiz kerak va hamma narsa o‘z qo‘limizda. Biz o‘zimizga nisbatan halol bo‘lishimiz va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak” - dedi Arteta Sky Sports nashriga.

Kiritildi: 13:27, 05.04.2022.
O'qildi: 1749 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик