"Barselona" klubi sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman Niderlandiya futbol federasiyasi bilan shartnoma imzoladi.
Mutaxassis Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan so‘ng, ya’ni 2023 yilning 1 yanvar sanasidan boshlab Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi. U o‘z mamlakati futbol federasiyasi bilan 2026 yilning oxirigacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi.
Kuman 2018-2020 Niderlandiya termasini boshqarib, so‘ngra "Barselona"ga o‘tib ketgandi. Kataloniyaliklar 2021 yilning oktyabr oyi so‘ngida uni iste’foga chiqarishdi.