Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Xavi: "Men "Barselona"ga maqtovlar uchun kelmaganman"

Xavi: "Men "Barselona"ga maqtovlar uchun kelmaganman"

Baho:
+1 | -

"Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi «Ayntraxt» jamoasiga qarshi Yevropa Ligasi doirasida bo‘lib o‘tadigan o‘yindan oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Muxlislar jamoa bilan faxrlanishlarini his qilyapsizmi?

- Bu har qanday vaqtda o‘zgarishi mumkinligi aniq. Lekin maqtov bizni xijolat qilmasligi kerak. Menga maqtov kerak emas. Men bu yerga shaxsiy sovrin uchun emas, muxlislarni jamoa bilan faxrlanish uchun kelganman.

- «Ayntraxt» haqida qanday fikrdasiz?

- Garchi ular Ispaniyada unchalik mashhur bo‘lmasada, raqib tarkibida top futbolchilar o‘ynashadi. Ular boshqachi tizimda o‘ynashadi. Bu jamoa jismonan juda kuchli va juda yaxshi tashkillashtirilgan.

- Futbolchilarni xotirjamlikka berilib ketishidan qo‘rqasizmi?

- Bu katta xato bo‘lardi. Xotirjamlikka berilish mumkin emas, aks holda biz musobaqadan chiqib ketamiz. Bunday bo‘lishi mumkin emas.

- Ularning «Betis»ga qarshi o‘yinlarini kuzatdingizmi?

- Ha. Ular murakkab tizimdan foydalanadilar: ikkita lateral, uchta markaziy himoyachi. Ular uchun bu uchrashuv tarixiy ahamiyatga ega. Biz ularning motivasiyasi darajasiga mos kelishimiz kerak”, - dedi «Barselona» ustozi.

"Barselona" klubi Yevropa ligasining 1/4 finali dastlabki o‘yinida «Ayntraxt» bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 8 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 23:18, 06.04.2022.
O'qildi: 1950 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик