Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Raul: «Real» chempion to‘sig‘idan o‘tadi albatta...

Raul: «Real» chempion to‘sig‘idan o‘tadi albatta...

Baho:
+ | -

Ayni payt «Kastilya»ni shug‘ullantirayotgan «Real» afsonalaridan biri - Raul Gonsales italiyalik Karlo Anchelotti boshqaruvidagi jamoaning joriy mavsumdagi eng go‘zal lahzasini kutib olishga shay. Aniqroq aytsak, sobiq hujumchi madridliklar CHL chorak finalida turnirning amaldagi g‘olibi - «Chelsi» to‘sig‘idan o‘tishlariga to‘liq ishonmoqda. U Marca nashriga bergan intervyusida bu borada qat’iy ishonch bilan gapirdi. Raul shuning barobarida Xavining «Barselona»da amalga oshirayotgan ishlari tahsinga loyiqligini ham alohida e’tirof etdi.

- Raul, Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida «Chelsi»ga qarshi kechadigan o‘yinlardan nimalar kutyapsiz?

- Albatta, «Real» g‘alabasini. O‘ylaymanki, jamoa hozir «Chelsi» to‘sig‘idan o‘tish salohiyatiga ega. «Madrid» La Liga turnir jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda, Chempionlar Ligasi chorak finaliga esa kuchli raqibni yengish asnosida chiqdi. Shubha yo‘q, jamoa mutlaqo tayyor, mavsumning eng go‘zal lahzasi yaqinlashmoqda. Hozir hammasi hal bo‘ladigan palla va bundan shunchaki, zavqlanish kerak.

- «Real» tizimidagi asosiy jamoada ishlash istiqboliga qanday qarayapsiz?

- Tabiatan bugungi kun bilan yashashga moyilman. Shuning barobarida asta-sekin yuqoriga ko‘tarilishni istayman, albatta. Zero, murabbiylik sohasiga kirdimmi, o‘zimni ko‘rsatishim shart. Ha, «Real» odamiman, hozir jamoaga munosib tarzda tayyorlanish harakatiman. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Hozirgi ishimdan zavqlanyapman, yana o‘rganishdan ham. Qachon klubga kerak bo‘lsam, uning ixtiyoridaman.

- Xavining «Barselona»dagi ishini kuzatyapsizmi?

- O‘zi Xavi futbolchilik paytidayoq murabbiy edi. U har doim zimmasidagi vazifani a’lo darajada bajarishga odatlangan. O‘ylaymanki, Xavining buguni ham, kelajagi ham nurli. Vaqt hammasini o‘z o‘rniga qo‘yadi. Ko‘rinib turibdiki, Xavida ishtiyoq katta, bu murabbiylik ishida juda muhim. Qolaversa, u «Barsa»ni juda yaxshi biladi. Shunday ekan, hozirgi ishida ancha uzoqqa borishini taxmin qilish qiyin emas. Har holda, shaxsan men uning muvaffaqiyat qozonishiga ishonaman.

- «Kastilya»ning «Linens»­ga qarshi o‘yinida Migel Gutyerres urgan toza gol hisobga olinmadi. Bunga munosabatingiz...

- To‘g‘risi, hakamlar ishi haqida gapirmaslikni ma’­qul ko‘raman. Shunchaki, bunday holatlarga moslashib, ishlashda davom etishimiz kerak. Falsafam oddiy: yosh yigitlarga chinakam professional bo‘lib yetishish va orzu sari dadil qadam bosishda yordam berish.

- Hozirda Yoxan Kroyff nomidagi jamg‘arma bilan hamkorlikda o‘zingiz ul­g‘aygan rayonda sport kengligi yaratish lo­yihasi ustida ham ishlayapsiz. Shu haqda ham ma’lumot bera olasizmi?

- Yordam berish qo‘limdan kelishi va jonajon makonimga otaliq qilishdan bag‘oyat xursandman, albatta. Hozir u yerda o‘zgarishlar katta. Oldin ochiq hudud edi, endi ko‘plab loyihalar bor. Umid qilamanki, biz qurayotgan sport markazi ham bolalarga orzularni ro‘yobga chiqarishlarida qo‘l keladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 23:59, 06.04.2022.
O'qildi: 2687 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.